Surxondaryoda Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etiladi

© MinturizmaV Surxandarinskoy oblasti budet postroyen greko-baktriyskiy muzey
V Surxandarinskoy oblasti budet postroyen greko-baktriyskiy muzey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
Sayrob qishlog‘ida tashkil etilayotgan muzey bilan bir qatorda turizm infratuzilmasini yaxshilash va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. Surxondaryoda Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ishlari boshlandi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Dastlab muzey uchun ajratilgan joylarning koordinatlari aniqlanib, hudud xaritasiga kiritildi va 21x14 metr maydonda muzey loyihasini tuzish bo‘yicha kelishib olindi, deyiladi xabarda.

“Sayrob turizm qishlog‘ida tashkil etilayotgan muzey bilan bir qatorda turizm infratuzilmasini yaxshilash va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarini joriy etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda”, deydi viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zebuniso Alimardonova.

Ta’kidlanishicha, Madaniy meros agentligi tomonidan yodgorlikning muhofaza hududini belgilash, obyektni pasportlashtirish, restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha ham loyihalar tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Yunon-Baqtriya podsholigi tarixiga oid tadqiqotlar XVIII asrlarda boshlangan. XX asrning ikkinchi yarmida Baqtriya san’atida juda ko‘plab yunon afsonalaridagi xudolari, shuningdek, barhodirlari tasvirlangan yunon uslubida zarb qilingan tangalar topilgan.
Yunon Baqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik shimoliy Afg‘onistondagi Oyxonum va janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0