Toshkent shahrida Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqti ma’lum bo‘ldi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiPrazdnovanie Ramadan hayit v Uzbekistane
Prazdnovanie Ramadan hayit v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri masjidlarida Qurbon hayiti namozi joriy yilning 9-iyul kuni ertalab soat 05:20 da o‘qiladi.
TOShKENT, 6-iyul – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mamlakat bo‘ylab Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri masjidlarida Qurbon hayiti namozi joriy yilning 9-iyul kuni ertalab soat 05:20 da o‘qiladi. Boshqa viloyat va hududlarda esa, namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan so‘ng o‘qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 9-iyul kuni Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi.
Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:
9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Yangiliklar lentasi
0