Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Guterrish bilan uchrashdi

© O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiAbdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi
Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Kecha Abdulaziz Kamilov AQShda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 6-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik hamfa barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilingan.
Bosh kotib O‘zbekistonning 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.
“Antoniu Guterrish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tingladi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0