Jamiyat

Abituriyentlar uchun muhim maʼlumotlar jamlangan maxsus bot ishga tushirildi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishPriyemnaya kampaniya
Priyemnaya kampaniya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Maxsus botda fanlar majmuasi, qabul kvotalari, oʻtish ballari kabi maʼlumotlar oʻrin olgan.
TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Abituriyentlar uchun kerakli maʼlumotlarni oʻzida jamlagan maxsus bot ishga tushirildi.
@eduuzuniversalbot manzilida quyidagi maʼlumotlarni topish mumkin.
Bakalavr:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
Oʻtish ballari—2021 (hududlar, yoʻnalishlar kesimida).
Magistratura:
Fanlar majmuasi—2022;
Qabul kvotalari—2022
Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).
Shuningdek, xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022 yil uchun oʻtish ballari, professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga yangi oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha qabul kvotalari hamda fanlar majmuasini bilib olish ham mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yangi oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari ochiq maydonda oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0