Andijonda 37 kishi ovqatdan zaharlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Bemorlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan, biroq hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli.
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Andijonning Qo‘rg‘ontepa tumanida 37 kishi fast-fuddan zaharlandi. Bu haqida Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 6-iyul kuni soat 12:10 da Qo‘rg‘ontepa tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 yoshli fuqaro G‘. M. ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Bemorda zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilib, kasallik sabablari o‘rganilganda, u joriy yilning 5-iyul kuni tuman markazida joylashgan “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasidan nonbyrger sotib olib, iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.
Shu kunning o‘zida soat 18:30 ga qadar yana 16 nafar fuqaro yuqoridagi shikoyatlar bilan tuman Yukumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilishgan. Barcha bemorlarning oshqozoni yuvilib zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilgan.
Bemorlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan, biroq hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli.
Kecha soat 23:00 holatiga shifoxonaga jami 37 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, bemorlarning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy holatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olingan.
Xabarga ko‘ra, kasallikka sabab bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli 3 ta shoxobcha faoliyati shu kunning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatildi va mahsulotlar tayyorlash xonasi hamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborilgan.
Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni vaqtda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0