Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Kimlarga smetana yeyish mumkin emas?

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishUstanovleniye rekorda Ukrainы po samomu massovomu prigotovleniyu borщa
Ustanovleniye rekorda Ukrainы po samomu massovomu prigotovleniyu borщa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nutritsiolog Kovinenko: ikki yoshga toʻlmagan bolalarga smetana isteʼmol qilish mumkin emas.
Smetana mahsulotini 1,5 yoshga toʻlmagan bolalarga berish mumkin emas. Agar oshqozon yalligʻlanishi, jigar, oʻt pufagi bilan muammolar boʻlsa, smetanani isteʼmol qilishda ehtiyot boʻlish lozim, deydi nutritsiolog Olga Kovinenko.
“Ushbu sut mahsulotining (qaymoq va xamirturush) tarkibida yoq miqdori koʻp(10% dan 30%). Shuning uchun ham uni meʼyorida isteʼmol qilish zarur. Smetana tarkibida A, C, E, K, D, B guruhi vitaminlari, aminokislotalar, rux, kaliy, kaltsiy (ayniqsa, D vitamini bilan birgalikda yaxshi soʻriladi) moddalari mavjud. Bu ovqat hazm qilish, mikroflora jarayoniga foydali taʼsir koʻrsatadi. Mahsulotni doimo yangi holatida isteʼmol qilgan maʼqul (chunki, harorat koʻtarilsa, uning tarkibidagi foydali bakteriyalar nobud boʻladi). U teri, soch, tirnoqlar goʻzalligi va salomatligi uchun ham foydali- deydi nutritsiolog
“Bolalar, qariyalar va koʻp jismoniy harakat bilan shugʻullanadigan odamlarga mahsulot koʻp tavsiya qilinadi, chunki u oqsil va yogʻlarga boy” deya taʼkidladi shifokor.
Biroq, mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, 1,5 yoshgacha boʻlgan bolalarga smetana tavsiya qilinmaydi, chunki ularning oshqozon-ichak tizimi hali bunday turdagi oqsilni toʻliq hazm qilishga tayyor boʻlmaydi. Vazn tashlamoqchi boʻlgan insonlar esa kamroq isteʼmol qilgani maʼqul, chunki smetana yuqori kaloriyali. Oshqozon yalligʻlanishi, oʻt pufagi va jigar faoliyatida muammoga duch kelganlar esa smetanani isteʼmol qilishda ehtiyot boʻlishlari kerak.
Yangiliklar lentasi
0