Sport

MDH mamlakatlari oʻyinlarini oʻtkazish sanasi maʼlum boʻldi

© Foto : Press-slujba pravitelstva Kыrgыzstana / Sabыr AilchiyevVtorыe Igrы stran SNG proydut v Belarusi
Vtorыe Igrы stran SNG proydut v Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ikkinchi MDH davlatlari oʻyinlari Belarusning toʻqqizta shahrida sportning 20ta turi boʻyicha oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 7 iyul – Sputnik. Ikkinchi MDH davlatlari oʻyinlari 2023 yil 3-15 avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Belarus davlatining sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk maʼlum qilishicha, II MDH davlatlari oʻyinlari mamlakatning toʻqqizta shahrida oʻtkaziladi.
Oʻyinlar dasturiga binoan:
Minskda sportning voleybol, badiiy gimnastika, yengil atletika, sohil futboli, sohil voleyboli, zamonaviy beshkurash va oʻq otish bahslari;
Grodno shahrida 3x3 basketbol va ogʻir atletika musobaqalari;
Soligorskda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi;
Brest shahrida qoʻl toʻpi;
Orsha shahrida basketbol va tay-boks;
Borisov shaharchasida mini-futbol;
Mogilevda suzish hamda kamondan otish;
Jlobinda dzyudo va sambo bellashuvlari oʻtkazilishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, MDH davlatlarining birinchi oʻyinlari oʻtgan yilning sentyabrida Tatariston poytaxti Qozonda boʻlib oʻtgandi. Unda Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush, 35 ta bronza, jami 90 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Yangiliklar lentasi
0