O‘zbekiston va BAA yirik logistika klasteri yaratishadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishJeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Logistika va yuk tashish sohasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Abu-Dabining “AD Ports Group” kompaniyasi va Sanoat Energetika Guruhi (SEG) logistika va yuk tashish sohasida yangi biznes ochish uchun qo‘shma korxona tashkil etadi.
Qo‘shma korxona ikki kompaniya logistika va ekspeditorlik xizmatlari, yuk tashish, konteyner omborlari, omborxonalar va boshqa logistika infratuzilmalarini rivojlantirish, shartnomaviy logistika va bojxona rasmiylashtiruvi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoninin beradi.
Yaqin kelajakda tomonlar logistika markazi negizida oziq-ovqat va xalq iste’mol tovarlarining transport oqimini tashkil etish orqali uning faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Loyihani qo‘llab-quvvatlash maqsadida AD Ports Group O‘zbekistonda o‘zining birinchi xorijiy vakolatxonasini ochadi.
“Ushbu kelishuv O‘zbekiston bilan strategik sherikligimizni mustahkamlaydi. Biz asosiy logistika muammolarini hal qilish va mamlakatda mavjud imkoniyatlardan foydalanish uchun AD Ports Group tajribasi va resurslaridan foydalanishdan mamnunmiz. Biz yangi ishlab chiqarish-sotish zanjirlarini yaratish va yangi savdo yo‘llarini ochish orqali mamlakatning iqtisodiy salohiyatini kengroq ochishga hissa qo‘shishimiz mumkinligiga ishonamiz”, deydi “AD Ports Group” raisi Falah Muhammad Al Ahbobiy Janobi Oliylari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy markazlar va logistika markazlarini yaratish bo‘yicha kompaniya salohiyati ixtisoslashtirilgan oziq-ovqat markazi, ichki portlar va omborlarni yaratishda samarali ish beradi.
“Yangi qo‘shma korxonalar orqali jahon bozoriga yanada kengroq mahsulot turlarini olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, bu ham mamlakatimiz siyosatiga, ham SEGni vertikal integratsiyalashgan kompaniyaga aylantirish siyosatiga to‘liq mos keladi. Hamkorlikda ilg‘or raqamli xizmatlar bilan jihozlangan va jahon miqyosidagi logistika obyektlari, jumladan, transportlararo yuk jo‘natmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi savdo koridorlari yaratiladi”, deydi Sanoat Energetika Guruhi direktorlar kengashi raisi Baxtiyor Fazilov.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuv O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratish, savdo qilish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi.
Yangiliklar lentasi
0