Qurbon hayiti kuni metro tong soat 04:00dan ishlay boshlaydi

© Pexels.com/Nicole Ashley Rahayu DensmoorTashkentskoe metro
Tashkentskoe metro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2022
Obuna bo‘lish
Qolgan dam olish kunlari - 10-,11-,12 iyulda metro jadval asosida, ya’ni soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Toshkent metropoliteni 9-iyul - Qurbon Hayiti kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tonggi soat 04:00 dan o‘z faoliyatini boshlaydi.
“Poyezdlar tonggi 04:00 dan kechki soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, 10-,11-,12 iyul kunlari dam olish kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida ya’ni soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum qilingandi.
Shu munosabat bilan 7-bekat 11-iyul kunidan 18-iyul kuniga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
Yangiliklar lentasi
0