Chelyabinsk viloyati Toshkentda shou-rum ochadi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishNaberejnaya reki Miass. Gorod Chelyabinsk
Naberejnaya reki Miass. Gorod Chelyabinsk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Avvalroq Razan va Ulyanovsk viloyatlari tomonidan ham shunga o‘xshash shou-rumlar ochilgandi.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Chelyabinsk viloyati avgust oyida Toshkentda mintaqaviy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari shou-rumini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shou-rumning ochilishi kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya eksportini qo‘llab-quvvatlash mintaqaviy markazlarining (EQM) eksport loyihalari muhokamasi chog‘ida ma’lum bo‘lgan.
Tadbir Savdo vakillari haftaligi doirasida Rossiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Unda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ishtirok etdi. U boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan birgalikda EQMning har bir vakili bilan alohida istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.
Savdo vakolatxonasi ushbu ish formati o‘z samaradorligini allaqachon isbotlaganini ta’kidladi.
Ilgari shunga o‘xshash shou-rumlar Razan va Ulyanovsk viloyatlari tomonidan ochilgandi.
Yangiliklar lentasi
0