YeOII bilan hamkorlik O‘zbekistonga nima beradi – YeIK hay’ati raisi

© Izdanie "Narodnoe slovo"Predsedatel kollegii YeEK Mixail Masnikovich
Predsedatel kollegii YeEK Mixail Masnikovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi - biznes va oddiy fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi: transchegaraviy baryerlarni olib tashlash, yagona mehnat bozori, yangi paydo bo‘layotgan transport koridorlariga ulanish va boshqalar.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kollegiyasi raisi Mixail Masnikovich O‘zbekistonga tashrifi arafasida “Narodnoe slovo” gazetasiga intervyu berdi. Unda mutaxassis O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlikdan yutuqlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Pragmatik integratsiya

Hamkorlikning afzalliklari haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlash kerak-ki YeOII postsovet davlatlari orasida transchegaraviy to‘siqlarni bartaraf etish uchun yaratilgan, uyushma bo‘lib u faqat faqat pragmatik va o‘zaro manfaatli hamkorlik mulohazalarini o‘z ichiga oladi. Aytish joizki, sobiq Ittifoq davlatlari iqtisodiyoti o‘z vaqtida yagona xalq-xo‘jaligi majmuasi sifatida tashkil etilgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham YeOII mamlakatlarini bozorga chiqish yo‘lidagi texnik to‘siqlarni olib tashlash tarafdori.
Shu bois o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni davom ettirish - alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, O‘zbekiston bilan hamkorlik ko‘lami va nomenklaturasi bo‘yicha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi uchun strategik xususiyatga ega. Bizning integratsiyamiz qanchalik chuqur va samarali bo‘lsa, umumiy iqtisodiy yutuqlar qanchalik muhim bo‘ladi va YeOII xalqaro hamkorlar uchun shunchalik jozibador tashkilotga aylanadi.
Shu nuqtayi nazardan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekistonning o‘zaro hamkorligi bu - yaxshi qo‘shnichilik munosabatlaridan manfaatdor bo‘lgan ishbilarmonlar va oddiy fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

YeOII hududi – yagona mehnat bozori

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020-yil may oyida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining 74 foizi YeOII bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish g‘oyasiga ijobiy munosabatda. Bu, albatta, tasodifiy emas. Xususan, O‘zbekistonning ko‘plab fuqarolari Rossiyada mehnat qilmoqda. Mehnat migratsiyasi omili YeOII uchun muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi, chunki YeOIIga a’zo mamlakatlar ishchilari Ittifoq hududida ishga joylashishda bir xil huquqlarga ega.
O‘zbekiston rahbarining joriy yil may oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi tashabbuslaridan biri ham shu mavzu bilan bog‘liq. Shavkat Mirziyoyev YeOII mamlakatlarida ishchi kuchini jalb qilish tartib-taomillarini soddalashtirish, buning uchun YeOII ishtirokchi-davlatlari va kuzatuvchi-davlatlari iqtisodiyotining tez o‘zgaruvchan ehtiyojlariga muvofiq mehnat resurslarini samarali ta’minlash va ulardan foydalanish imkonini beruvchi zarur hujjatlarni qabul qilishni taklif qildi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ushbu muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda. O‘zbekistonning bir qator tegishli idoralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda, mutaxassislarimiz “Chegarasiz ish” yagona qidiruv tizimini taqdim etishdi. Yevroittifoq mamlakatlarida ish qidirish va kadrlarni tanlash tizimi 500 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari va ikki milliondan ortiq rezumeni o‘z ichiga olganligini tushuntirib beraman. Bu EIK loyihalaridan biridir.

Asosiy savdo sheriklar orasida to‘siqlarni bartaraf etish

2021 yil yakuniga ko‘ra, YeOII davlatlarining O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi $ 11,6 mlrd. ni tashkil etdi. 2020-yilga ($ 9,4 mlrd.) nisbatan o‘sish 22,9 foizni tashkil etdi. Vaholanki 2020-yilda o‘sish (2019 yilga nisbatan) atigi 4,1 foiz edi.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi 5,6 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga ko‘pdir.
Bunday natijalarni YeOII va O‘zbekiston o‘rtasidagi, jumladan, yangi formatdagi o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishining birinchi samaralari bilan izohlash mumkin. Zero, O‘zbekiston biznesi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridagi hamkasblari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Buni 2021-yil yakuniga ko‘ra YeOII mamlakatlari O‘zbekistonning barcha savdo hamkorlari umumiy reytingida birinchi o‘rinda turgani ham tasdiqlaydi. YeOII davlatlari O‘zbekiston eksporti va importi bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda.

Yangi transport koridorlariga integratsiya

Hozirgi vaqtda YeIK Kollegiyasi Yevroosiyo transport koridorlari ro‘yxatini tasdiqladi. Uning tarkibiga Yevroosiyo birmodal temir yo‘l yo‘nalishlarini va Yevroosiyo multimodal yo‘nalishlarini, shuningdek, Yevroosiyo avtomobil yo‘llari va yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Hozir biz Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirishning kompleks rejasini tayyorlayapmiz, unda biz ularni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaymiz. Reja joriy yilda qabul qilinadi. Ushbu chora-tadbirlar milliy iqtisodiyotlarga tranzit uchun global raqobatdan foydalanish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi.

Raqamli integratsiya

Raqamli kun tartibiga kelsak, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarimizning “yo‘l xaritasi”da YeOIIning raqamlashtirish sohasidagi ijobiy tajribasini tarqatish, shu jumladan raqamli loyihani raqamli texnologiyalar sohasida qo‘llash masalasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Xususan mehnat migratsiyasi sohasida integratsiyasi uchun "Chegarasiz ish" loyihasi.

Katta Yevroosiyo doirasida hamkorlik

So‘nggi yillardarda dolzarbligi oshib borayotgan global loyihalar orasida nafaqat YeOII davlatlari, balki MDH, ShHT, ASEAN davlatlari, Yevroosiyoning Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar kabi yirik iqtisodiyotlarini qamrab olgan Katta Yevroosiyo hamkorligini tashkil etishni alohida ta’kidlash lozim.
Katta Yevroosiyo hamkorligi siyosiy va iqtisodiy arxitekturani o‘zgartirishga, butun qit’ada barqarorlik va farovonlik kafolatiga aylanishga mo‘ljallangan, albatta, barcha xalqlarning rivojlanish modellari, madaniyati va an’analari xilma-xilligini hisobga olgan holda.
Katta Yevroosiyo hamkorligi transport, telekommunikatsiya va elektr energetikasi infratuzilmasi, savdo va transport xizmatlarini raqamli o‘zgartirish sohasidagi yirik transchegaraviy loyihalar, shuningdek, sohaviy hamkorlik kun tartibini amalga oshirish orqali amalga oshirilishi kerak.
Albatta, bunday loyiha biz O‘zbekiston bilan ishlab chiqayotgan va muhokama qilayotgan tashabbuslar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.

YeOII bilan rivojlanish imkoniyati

2022 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 3,5 foizga oshdi. O‘zaro hamkorlik aloqalari takomillashib, eksport hajmi oshmoqda, sarmoya ko‘proq jalb etilmoqda, mehnat migrantlaridan kelayotgan mablag‘lar oqimi ko‘paymoqda.
Kelajakda O‘zbekistonni Trans-Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirish jarayoniga bog‘lash istiqboli ham mavjud.
Markaziy Osiyo suv-energetika kompleksi sohasidagi aloqalarni kengaytirish haqida gapirish mumkin.
Albatta, O‘zbekistonga tashrifimni o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini yuqori darajada muhokama qilish uchun yana bir imkoniyat deb bilaman.
Ishonchim komilki, O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yanada yuqori formatiga o‘tish avval erishilgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, davlat va oddiy xalq uchun qo‘shimcha iqtisodiy foyda olishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0