G‘isht sexi 12 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagani aniqlandi

© O‘zneftgazinspeksiyaVorovstvo gaza v Tashkentskoy oblasti
Vorovstvo gaza v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Yoz mavsumida 63 mingta xonadonni bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan tabiiy gaz talon-taroj qilindi.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Yangiyo‘lda joylashgan pishgan g‘isht ishlab chiqaraditgan sex tomonidan davlatga 12 mlrd so‘mlik zarar keltirildi. Bu haqida “O‘zneftgazinspeksiya” xabar berdi.
Davlat xavfsizligi xizmati “O‘zneftgazinspeksiya” bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat tadbirini o‘tkazdi.
Unda “O‘rtaovul oltin g‘isht” MChJga qarashli Yangiyo‘l tumani, “U.Musayev” MFY hududida joylashgan pishgan g‘isht ishlab chiqarish sexi ko‘zdan kechirildi.
Aytilishicha, ushbu sex 2020-yil sentabr oyida gaz ta’minoti tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.
“Tekshiruv jarayonida quvurlari demontaj qilinganligiga qaramasdan gaz hisoblagich o‘rnatmagan holda o‘g‘rincha tabiiy gazdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Hisob-kitoblarga asosan, mazkur korxona tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 586 mln 373 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, bu yoz mavsumida 63 mingta xonadonni bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan tabiiy gaz miqdoriga teng.
Yangiliklar lentasi
0