Kimyo sanoati ilk bor yilni foyda bilan yakunladi

© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Surunkali zarar bilan ishlagan kimyo sanoati 2021-yilni 1,6 trillion so‘m sof foyda bilan yakunlagan.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. O‘zbekiston kimyo sanoati o‘tgan yilda ilk bor foyda bilan yakunladi. Bu haqida “O‘zkimosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudovning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga topshirgan axborotidan ma’lum bo‘ldi.
Hisobotda qayd etilishiga ko‘ra, ilgari surunkali zarar bilan ishlagan bu tarmoq, 2021-yilni 1,6 trillion so‘m sof foyda bilan yakunlagan. Oxirgi 3-yilda ishlab chiqarish 1,5 baravar, eksport esa 2 baravar oshgan.
2022 yilning olti oyida jamiyat korxonalari tomonidan qariyb 7 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlanib, ishlab chiqarish 11 foiz o‘sgan, 218 million dollarlik tovarlar eksport qilingan. Yil yakunigacha ishlab chiqarishni 14 trillion so‘m, eksportni 425 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredsedatel pravleniya aksionernogo obshestva “Uzkimosanoat” Jurabek Mirzamaxmudov
Predsedatel pravleniya aksionernogo obshestva “Uzkimosanoat” Jurabek Mirzamaxmudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Predsedatel pravleniya aksionernogo obshestva “Uzkimosanoat” Jurabek Mirzamaxmudov
Shuningdek “O‘zkimosanoat” AJ raisi sohada ishga tushirish rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar bo‘yichaham ma’lumot berdi.
“Yil yakuniga qadar 400 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 9 ta loyiha ishga tushiriladi. Jumladan, “Navoiyazot”da metilsellyuloza, texnik gaz, suyuq mineral o‘g‘itlar, Chirchiq kimyo texnoparkida ko‘pikli polipropilen, organik o‘g‘itlar va polimer mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi”, deyiladi xabarda.
Prezident yangi loyihalarni faqat xususiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. 5 ta kimyo klasterida kamida 1 milliard dollarlik loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev aksiyadorlik jamiyatiga qarashli korxonalarni xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0