Rossiya

Mariupol aholisi Rossiyada reabilitatsiya qilinmoqda - video

Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ozod qilingan Mariupoldan oʻn bitta oila Moskva yaqinidagi Solnechnogorskda yashamoqda. Mehmonlar “Olimp” sport kompleksida qanday dam olishmoqda. Batafsil Sputnik reportajida
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik, Sergey Leskov. Yaqinda ukraina millatchilaridan ozod qilingan Marupol shahrining bir necha oilasi Moskva viloyatida dam oishmoqda.

Omadimiz bor ekan, omon qoldik

Markaz mehmonlari intervyuda otishmalar va haftalab jon saqlashga majbur boʻlgan zax yertoʻlalar haqida soʻramaslikni iltimos qilishdi. Aytishlaricha, bunday xotiralar koʻp. Koʻpchilik yaqinlari, doʻstlaridan ayrilgan, uylari vayron boʻlgan.
“Buni soʻz bilan tariflab boʻlmaydi. Ukrain askarlari biz bilan juda shafqatsiz munosabatda boʻlishdi. Rossiya va DXR harbiylari kelguniga qadar shunday boʻldi, keyin ancha vaziyat yaxshilandi”, - deydi mariupollik ayol Svetlana Belыx Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda.
Svetlana reabilitatsiya markaziga qizi bilan kelgan. Bu yerda erkaklar yoʻq, faqat ayollar va bolalar. Uning aytishicha,uning dastlab bu yerdagi tinchlikka koʻnikishi qiyin kechgan. Va u suhbat paytida uchayotgan samoletni koʻrsa jim boʻlib qoladi. Aytishicha, u qoʻrquvdan haligacha xalos boʻlmagan, bolalar esa bunday ovozni eshitishsa, yigʻlashni boshlashadi.
“Biz bilan ruxshunos ishlayapti, u bolalar, onalar uchun jamoaviy mashgʻulotlar olib boryapti. Bunday seanslardan keyin ancha yaxshi boʻlamiz. Qoʻrquvlar, bezovtaliklar yoʻqoladi. Ayrimlar Mariupolga qaytib ketdi, hozir uni tiklash ishlarida qatnashishyapti”, - deydi reabilitatsiya markazining yana bir mehmoni Anna Konstantinova
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".

Xuddi oʻz odamlaridek qabul qilishdi

Markazga kelganlarning barchasi kechayu kunduz shifokorlar nazoratida. Dam oluvchilar (aholi ularni qochqin deb atamaslikni soʻrashdi) tibbiy xizmatlar orasida asosan tish shifokoriga murojaat qilishmoqda. Koʻngillilar va markaz maʼmuriyati agar zarurat tugʻilsa, jiddiy tibbiy yordam koʻrsata oladi.
“Moskvada bir qizga qalqonsimon bez boʻyicha jarrohlik amaliyoti oʻtashdi, yana bir qizning qulogʻini operatsiya qilishdi. Va buning hammasini bepul boʻldi, shifokorlar yordam berishdi”, - deydi Anna Konstantinova.
Markazning bir xonasida bir nechta odam yashaydi. Har birida konditsioner, televizor bor. Har bir qavatda kir yuvish va dush xonalari, kichik oshxona mavjud. Garchi bu yerda koʻp martalik ovqatlanish tartibi boʻlsada, “Olimp” direktori, “Solnechnegorsk shahar GTO kompleksi” volonterlar markazi koordinatori Pavel Ignatenkoning aytishicha, alohida oshxona- “reabilitatsiya dasturining elementlaridan biri”.
Uning soʻzlariga koʻra, taomlarning bir qismini mehmonlarning oʻzlari tayyorlashadi. Koʻpchilik yashash muddati davomida ishga joylashadi va maosh oladi. Mahalliy kafelarda ishlaydi, sport zali va basseynda instruktorlarga koʻmaklashadi. Bularning barchasi mehmonlarning asta-sekin odatiy tinch hayot tarziga koʻnikishlari uchun qilingan.
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2022
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
“Bu odamlarni birlashtirish uchun qilinadi, ular oʻz hayot tarzlarini yaratishadi. Chindan ham yaxshi samara beradi. Odam oʻzini mehmondek emas, balki oʻz uyidagidek his qiladi. Mehnat faoliyati ham reabilitatsiya dasturiga aynan shu sababli kiritilgan. Koʻpchilikning nimanidir bepul olayotganidan oʻzini noqulay his qilayotgani sezdik”, - deydi Pavel Ignatenko.

Dam olishdan soʻng- uyga, shaharni tiklashga

Xullas, bu yerda oʻyin-kulgular ham yetarli. Katta sport zali, basseyn dam oluvchilar ixtiyorida. Markazdan ikki qadam narida- Senej koʻli. Va albatta, har kuni ekskursiyalar. Masalan, markaz mehmonlari Qizil Maydonda, tsirkda, turli muzeylarga borishgan, Rossiya kunini nishonlashgan.
“Yaqindagina biz ibodatxonalar, monastirlarda boʻldik. Yana Vorobyeva togʻlariga boramiz va suv tramvayida Moskva daryosi boʻylab sayr qilamiz. Biz baxtlimiz. Bu yerda zerikishga qoʻyishmaydi”, - taassurotlarini soʻzlab berdi Oksana Yemelyanova.
Solnechnegorskda Mariupol aholisi uchun reabilitatsiya dasturi 30 kunga rejalashtirilgan. Dam oluvchilarning aytishicha, keyin ular ortga qaytishmoqchi, ish koʻp, yana shaharni tiklash ham kerak.
Reabilitatsiya markazining Sputnik ga xabar berishicha, ayni paytda mariupollik mehmonlarning yangi uchinchi smenasiga tayyorgarlik boshlangan.
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Odinnadtsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodyat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Yangiliklar lentasi
0