Maymunchechakdan ikkita yangi o‘lim holati qayd etildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPreduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii.
Preduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Yil boshidan beri maymunchechakdan o‘lganlarning umumiy soni uch kishiga yetdi.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymunchechakdan ikkita yangi o‘lim holatini aniqladi.
JSST 7-iyul kungi hisobotiga ko‘ra, yil boshidan beri maymunchechakdan o‘lganlarning umumiy soni uch kishiga yetdi. Uchala o‘lim ham Afrikada qayd etilgan.
Hisobotda kasallanganlar soni 77 foizga oshib, 6027 nafarga yetgani aytib o‘tilgan. Qayd etilishicha, kasallanganlarning aksariyati Yevropa mintaqasida uchramoqda.
Yangilangan hisobot virus yuqtirganlarning 99 foizdan ortig‘i erkaklar ekanligini ko‘rsatdi.
Dunyoda yangi epidemiya avj olish xavfi mavjudligi tufayali, JSST iyul oyining uchinchi haftasida Qo‘mita majlisi tashkil qilib, unda sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda vaziyat e’lon qilishni taklif qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0