https://oz.sputniknews-uz.com/20220708/neft-va-gaz-sohasida-talim-klasteri-tashkil-etildi-26040734.html
Neft va gaz sohasida taʼlim klasteri tashkil etildi
Neft va gaz sohasida taʼlim klasteri tashkil etildi
Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar bakalavriat va magistraturada tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitiladi. 08.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-08T18:26+0500
2022-07-08T18:26+0500
2022-07-08T18:26+0500
jamiyat
taʼlim
neft
klaster
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/08/26029737_0:189:1798:1200_1920x0_80_0_0_a4825c9c0d0fdce6a9cbffa10bcee68c.jpg
TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Bu boʻyicha prezident PQ–309-sonli qarorni imzoladi.Neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash taʼlim klasterining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Taʼlim klasteri doirasida maktab oʻquvchilari ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yoʻnaltiriladi.Shu maqsadda:2022/2023 oʻquv yilidan Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi professional va oliy taʼlim tashkilotlaridagi oʻquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi.Shuningdek, OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitish tartibi joriy etiladi.Oʻqishga ishlab chiqarish korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlar “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan berilgan tavsiyanomasi asosida qabul qilinadi. Bunda talaba ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiydi va keyinchalik oʻzi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berishi kerak boʻladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/08/26029737_198:0:1798:1200_1920x0_80_0_0_ddcec6eed080765d114afaf51af5607c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
taʼlim, neft, klaster
Neft va gaz sohasida taʼlim klasteri tashkil etildi
Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar bakalavriat va magistraturada tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitiladi.
TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Bu boʻyicha prezident PQ–309-sonli qarorni
imzoladi. Neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash taʼlim klasterining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Taʼlim klasteri doirasida maktab oʻquvchilari ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yoʻnaltiriladi.
aniq va tabiiy fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv rejasi joriy qilinadi;
ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab oʻquvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
fan va mavzular amaliyotga yoʻnaltiriladi;
talabalarda mustaqil taʼlim olish koʻnikmalari shakllantiriladi;
xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.
2022/2023 oʻquv yilidan Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi professional va oliy taʼlim tashkilotlaridagi oʻquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi.
Shuningdek, OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitish tartibi joriy etiladi.
Oʻqishga ishlab chiqarish korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlar “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan berilgan tavsiyanomasi asosida qabul qilinadi. Bunda talaba ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqiydi va keyinchalik oʻzi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berishi kerak boʻladi.