Kolumnistlar

Nega Gʻarb Ukrainada NATO qurollarining qora bozorini toʻsatdan "sezib" qoldi?

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Fotobankka oʻtishOrujiye inostrannogo proizvodstva, naydennoye v podvalax kombinata "Azovstal" v Mariupole
Orujiye inostrannogo proizvodstva, naydennoye v podvalax kombinata Azovstal v Mariupole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukrainada NATO qurollarini pullashayotganini fosh etuvchi xabarlar seriyasi- toʻsatdan Gʻarbning “koʻzlari ochilgan”i emas, balki Kiyevga harbiy yordamni asta-sekin toʻxtatish uchun qulay bahonasidir.
NATO mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasi davomida sanktsiyalarning samarasizligi va lend-lizning kelajigi yoʻqligiga ishonch hosil qildi.
Gʻarbning Kiyev rejimiga koʻrsatgan saxiyligi aslida aniq maqsadlarni koʻzlagan - Rossiyani “soʻnggi ukrain qolgunicha” davom etadigan jangda zaiflashtirish. Agar harbiy harakatlar bu maqsadga erishmayotgan, Rossiya Federatsiyasi harbiy qudrati va muvaffaqiyatini namoyish etib, Ukrainaning katta hududlarini nazorat qilayotgan ekan, demak milliard dollarlar va yevrolar havoga uchib ketyapti. AQSH va NATO esa bunday xayr-sahovat ishlari bilan shugʻullanmaydi. Sheriklarning lend-liz va Ukraina Qurollari Kuchlarini moliyalashtirishni qisqartirishi muqarrar. Bu uchun bahona esa doim bor.
Bolgariya Bulgarian Military sayti 5 iyul kuni poraxoʻr ukrain harbiy xizmatchilarining Rossiya tomonga ikkita 155-mm oʻziyurar frantsuz CAESAR gaubitsalarini 240 ming dollarga sotgani haqida xabar berdi. Texnikalarning asl narxi esa 14 million AQSH dollarida. Javelin butun kompleksi taxminan qariyb 470 ming dollar turadi.
Shūkan Gendai nashri Yaponiya iqtiqodiyot razvedkasi sobiq rahbarining ogohlantirishini eʼlon qildi: “Hozir Amerika va Gʻarb qurol yetkazib berayotgan Ukraina aslida Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin tarixan qurollarni noqonuniy sotish markazi boʻlgan”, va bugun ham Kiyevga yetkazilayotgan NATO qurollari Ukrainadagi tamomila boshboshdoqlik va poraxoʻrlik sabab “qora” oqimlar bilan butun dunyoga tarqalyapti, jinoyatchilar, terroristlar qoʻliga tushyapti. Bu yerda soʻz nazoratsiz qolgan minglab Stinger- koʻchma zenit raketa komplekslari, Javelin va NLAW - tankka qarshi raketa tizimlari, yuzlab Switchblade va Phoenix Ghost- uchuvchisiz apparatlari va yana koʻplab yuqori texnologiyali, kompakt va oʻta xavfli qurollar haqida ketmoqda.
The Washington Post gazetasi xabar bermoqda: “Ukrainaga keng miqyosda qurol yetkazilishi qurol kontrabandasining kelib chiqishi xavfini yuzaga keltirmoqda”. Gʻarbnikimi, farqi yoʻq qayerniki, Ukrainada har qanday qurol tez-tez “yoʻqolmoqda” va Osiyo, Afrika mamlakatlariga sotilmoqda. Frantsuz harbiy rahbarlaridan biri Ukrainani gʻarb qurollari bilan toʻyintirishning “teskari taʼsiri”ni shunday prognoz qildi: “Javelin lar bilan bank oʻmarishganda hech narsa koʻnglimizga sigʻmay qoladi”.

Interpol Boltiqda urush boshlanishini prognoz qilmoqda

Ukrainaning “ortiqcha” qurol va oʻq-dorilarni Osiyo va Afrika mamlakatlariga demping orqali sotish tizimi 1990 yillarning boshlarida boshlangan. Ukraina Qurolli Kuchlari talon-taroj ishlarini yashirishda qilingan chala urinishlar bir nechta prezidentlik jamoalarining asosiy “noni” boʻldi. Va bu AQSH va NATO uchun sir boʻlishi mumkin emas edi. Shunchaki, amerikaliklar va yevropaliklar oʻsha paytlarda bu kabi “xarajatlar”ga koʻz yumgan.
Pentagon tahlilchisi Karen Kvyatkovskining taʼkidlashicha, Kiyevning Gʻarb qurollarini qora bozorga “qayta eksport qilishi” ni boshidanoq bilish mumkin edi, chunki Ukraina Qurolli Kuchlari katta hajmdagi NATO qurollarini foydalanishga, oʻz strategiyasiga birlashtirishga tayyor emas. Ukrainaning NATO standartidagi qurollarni qayta sotish holatlari 2015-2016 yiillarda Donbassdagi sakkiz yillik harbiy harakatlar davomida hujjatlashtirilgan.
Bugungi kunda Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat katta hududdagi jangovar harakatlar koʻlami, alohida logistika liniyalariga ega boʻlgan koʻp sonli turli xil harbiy tuzilmalar tufayli tashqi nazorat ostida emas. Urush hammasini hisobdan chiqaradi. Jangda qancha qurol ishlatilgan yoki yoʻqolgan va qanchasi “ortiqchalik qilib” sotilgan - aniqlash mumkin emas. Kiyev uchun lend- liz - ochil dasturxon. Ukraina Xavfsizlik xizmati tergovi zamonaviy Gʻarb qurollarini shu jumladan GUR kanallari orqali sotishning bir nechta epizodlariga tegishli. Ukrainada qayta sotish ishlari boʻyicha ochilgan oʻnta jinoiy ish tizimni oʻzgartirmaydi.
Interpolning taʼkidlashicha: “Ukrainadagi xorijlik yollanma harbiylarning orasida oshkora mafioz tashkilotlar aʼzolari ham bor. Bu yuqori texnologiyali qurollarning butun dunyo boʻylab tarqalib ketishdek jiddiy xavf keltirib chiqaradi”. Tashkilot keltirgan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi oylarda Ukraina qora bozorida 300 mingga yaqin qurol sotilgan. Interpol bosh kotibi Yurgen Shtokning aytishicha, u Ukrainadagi mojaro fonida Boltiq mintaqasi hamda Afrika urush teatrlarida noqonuniy qurol aylanmasining kuchayishiga shubha qilmaydi.
AQSH lend-lizi va Ukrainaning nazoratsiz “temir oqimi” taʼsiri ostida Yevropa kamorra kabi doimiy harbiy harakatlar zonasiga aylanishi mumkin. Xalqaro jinoiy klanlarning taʼsir doiralarini qurolli ravishda qayta taqsimlash, mafiyalarning Stinger va Javelin yordamida urushlari mumkin. Terrorchilik faoliyati sifat jihatidan yangi, transkontinental darajaga chiqishi mumkin.
NATO mamlakatlari Kiyev rejimi harbiy harakatlarini qoʻllab, qanday haqiqatga duch kelishganini hamon anglashmadi. Gʻarbning beʼmani aksilrossiya siyosati sabab, Ukraina dunyo xaritasidan oʻchishi mumkin. AQSH mudofaa vaziri sobiq maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor hamkasblarini shunday ogohlantirmoqda. Va bu ham yagona tahdid emas.
Rossiyaning toʻrt oylik maxsus operatsiyasi davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining deyarli barcha harbiy texnikalari yoʻq qilindi- minlab tanklar, bronetexnikalar, artilleriya vositalari, yuzlab RSZOlar, samoletlar va vertoletlar. Ukraina armiyasining taqdiri ham Ukraina davlatchiligining taqdirini aks ettiradi.
Eslatish joiz, Kiyevga SSSR dan meros sifatida 8000 ga yaqin tank, 10 mingta harbiy mashina, 20 mingta artilleriya, 1100ta harbiy samolet va 400 vertolet, Chernomor flotining yuzlab kemalari qolgan. Ushbu arsenalning katta qismini mustaqillikning 15 yillarida Osiyo va Afrika mamlakatlariga sotib yuborishgan. Ukraina mudofaa sanoati korxonalari qurib qolgan va hatto Sovet oʻqotar qurollari uchun patronlar ishlab chiqarishni ham oʻzlashtirmagan.
Keyinroq, Kiyevda mamlakat suverenitetini, soʻngra Rossiyani arzonga sotishga urinib koʻrishdi. 1991 yildagi kabi yaxshi qoʻshnichilikka qaytmaslikka yetib kelindi, AQSH va Yevropa bu kabi (halokatli) xatoga yoʻl qoʻymaslik yaxshiroq.
Ukraina Gʻarbdan yuqori texnologiyali ogʻir qurollarni soʻrayotganda hammaga tushunarliki, Ukraina Qurolli Kuchlarini ulardan foydalanishga tayyor emas. Va harbiy texnika bilan birgalikda NATO mutaxassislarini ham “yetkazib berish” darkor. Bu esa strategiyaning asosi, Kiyev rejimining omon qolish yoʻli va Shimoliy Atlantika alyansining “yashab qolishi”ning oʻziga jiddiy tahdiddir. Ukrainaga yordam berish uchun boshlangan geosiyosiy oʻyin asta-sekin AQSH va NATOning Rossiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va keng koʻlamli harbiy harakatlariga aylanmoqda. Moskvaning “qaror-qabul qiluvchi markazlar”ga ehtimoliy zarba berish haqidagi toʻgʻridan-toʻgʻri ogohlantirishi birinchi navbatda Vashington, Bryussel, Berlin, Varshava va Londonga tegishli. Ikkinchi gipertovushli “Kinjal”ning qayerga uchib borishini keling taxmin qilmay qoʻya qolaylik.
Yangiliklar lentasi
0