https://oz.sputniknews-uz.com/20220708/oz-ishimizni-qayta-korib-chiqishimiz-lozim--narbaeva-nukus-voqealari-haqida-26015360.html
Oʻz ishimizni qayta koʻrib chiqishimiz lozim – Narbayeva Nukus voqealari haqida
Oʻz ishimizni qayta koʻrib chiqishimiz lozim – Narbayeva Nukus voqealari haqida
Tanzila Narbayeva Qoraqalpogʻistondagi voqealarda qurbon boʻlganlarning oila-aʼzolariga hamdardlik bildirdi. 08.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-08T14:28+0500
2022-07-08T14:28+0500
2022-07-08T14:28+0500
jamiyat
qoraqalpogʻiston
nukus
tanzila norboyeva
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/08/26015208_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_15ac4e98dd79ffa868670d7ff47847aa.jpg
TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Bugun, 8 iyul kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi. Yalpi majlis avvalida Senat raisi Tanzila Narbayeva Qoraqalpogʻistondagi holatlarga munosabat bildirdi.Senat raisi nutqi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlat rahbari ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratganini qayd etdi.“Kuni kecha prezidentimiz huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratdi. Avvalo bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va oʻz vaqtida yechilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi va resurlarini jalb qilish zarurligini koʻrsatmoqda. Shuningdek, aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi boʻlmaydi. Ularning har birini yechimi muhimdir. Har qanday kichik deb qaralgan masala oʻz yechimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yoʻl qoʻyilmasligi uchun birinchi navbatda biz masʼulmiz! Muxtasar qilib aytganda, oʻz ishimizni tanqidiy qayta koʻrib chiqishimiz lozim boʻladi”, deya taʼkidladi u.Tanzila Narbayeva Qoraqalpogʻistondagi voqealarda qurbon boʻlganlarning oila-aʼzolariga hamdardlik bildirdi.“Fursatdan foydalanib, Qoraqalpogʻistondagi voqealarda qurbon boʻlgan hamyurtlarimizning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻzim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarorlarimizga esa tezroq sogʻayib ketishlarini tilaymiz. Yurtimiz doim tinch va osoyishta, xalqimiz farovon boʻlsin!", dedi Senat raisi,
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/08/26015208_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d215d68523b65e3148a1311957c2b5ad.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qoraqalpogʻiston, nukus, tanzila norboyeva
Oʻz ishimizni qayta koʻrib chiqishimiz lozim – Narbayeva Nukus voqealari haqida
Tanzila Narbayeva Qoraqalpogʻistondagi voqealarda qurbon boʻlganlarning oila-aʼzolariga hamdardlik bildirdi.
TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Bugun, 8 iyul kuni, Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi. Yalpi majlis avvalida Senat raisi Tanzila Narbayeva Qoraqalpogʻistondagi holatlarga munosabat
bildirdi. “Qoraqalpogʻistonda ayrim nohush xodisalar sodir boʻlganidan ham barchangizning xabaringiz bor. Ayrim kuchlarning qanchalik xarakat qilishiga qaramasdan boʻlib oʻtgan bu hodisalar hech qachon xalqimizning birdamligiga rahna sola olmasligiga guvohi boʻldik.
Shu bilan birga sodir boʻlgan bu holatda hammamiz oʻzimizga toʻgʻri xulosa chiqarishimiz va oʻz ishimizni qayta koʻrib chiqishimiz lozim boʻladi”, - deydi Narbayeva.
Senat raisi nutqi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlat rahbari ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratganini qayd etdi.
“Kuni kecha prezidentimiz huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratdi. Avvalo bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va oʻz vaqtida yechilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi va resurlarini jalb qilish zarurligini koʻrsatmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi boʻlmaydi. Ularning har birini yechimi muhimdir. Har qanday kichik deb qaralgan masala oʻz yechimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yoʻl qoʻyilmasligi uchun birinchi navbatda biz masʼulmiz! Muxtasar qilib aytganda, oʻz ishimizni tanqidiy qayta koʻrib chiqishimiz lozim boʻladi”, deya taʼkidladi u.
Tanzila Narbayeva Qoraqalpogʻistondagi voqealarda qurbon boʻlganlarning oila-aʼzolariga hamdardlik bildirdi.
“Fursatdan foydalanib, Qoraqalpogʻistondagi voqealarda qurbon boʻlgan hamyurtlarimizning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻzim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarorlarimizga esa tezroq sogʻayib ketishlarini tilaymiz. Yurtimiz doim tinch va osoyishta, xalqimiz farovon boʻlsin!", dedi Senat raisi,