Jamiyat

Oʻzbekistondan xorijga migratsiya oqimi saqlanib qoladi - mutaxassis

© Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy UzbekistanaTrudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston mehnat bozoriga har yili 600 mingga yaqin fuqaro kirib keladi, xorijiy davlatlarda esa qoʻshimcha ishchi kuchiga ehtiyoj bor.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Kelgusi yillarda Oʻzbekistondan xorijiy mamlakatlarga mehnat migratsiyasi oqimi saqlanib qolishi ehtimoli yuqori, deydi Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxoʻja Norov.
“Bizga kelajakda xorijda ishlaydigan oʻzbekistonliklar soni ortishi yo kamayishi borasida koʻplab savollar beriladi. Barchasiga aniq toʻxtalib javob berishga harakat qilaman”, deydi mutaxassis.
Birinchidan, Oʻzbekistonda demografik koʻrsatkichlar yuqori. Maʼlumotlarga koʻra, har yili mehnat bozoriga 600 mingga yaqin fuqaro kirib keladi. Albatta ish bilan taʼminlash uchun bu katta raqam ekanligi aytildi.
Ikkinchidan, xorijiy davlatlar, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchiga ehtiyoj katta. Masalan, birgina Germaniyada 1,5 mln xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Shuning uchun yaqin yillarda migratsiya oqimi saqlanib qolishi mumkin.
Xususan, 2022 yilning 6 oyi davomida xorijda ishlash istagini bildirgan kasb-hunar muassalarida tahsil olgan 5838 nafar fuqarolar xorijiy ish beruvchilarning tanlovlariga jalb qilinib, shundan 1782 nafari xorijiy mamlakatlarda bandligi taʼminlandi.
Xorijda ishlayotgan fuqarolarning 24 foizi ayollar, 35 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni tashkil etadi.
Samarali hamkorlik
“Oʻzbekiston fuqarolarini soddalashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga jalb qilish boʻyicha “pilot” loyihasi davom etmoqda, bu ancha samarali loyiha boʻldi”, deydi mutaxassis.
“Pilot” loyihasi Rossiyada ishlash uchun talab etiladigan ruxsatnoma hujjatlarni rasmiylashtirishda fuqarolarning vaqt va mablagʻini tejaydi.
Shuningdek, tibbiy koʻrik va chegaradan kirishda taqiq bor yoki yoʻqligini tekshirish tadbirlarining Toshkentda amalga oshirilayotgani fuqarolarda surunkali kasallik aniqlanganda patent rad etilib, Oʻzbekistonga qaytishi va taqiq aniqlanganda chegaradan qaytishi kabi holatlarni oldini oladi.
Qoʻshimcha taʼlim va ish izlovchilarning elektron bazasi
Bir vaqtning oʻzida fuqaro labormigration.uz dasturiy majmuasidan roʻyxatdan oʻtkazilib, ish izlovchilar elektron bazasiga qoʻshib qoʻyiladi.
“Hozirgi kunda mehnat migrantlari oʻquv ishlab chiqarish komplekslarida qurilish, kasb-hunar va chet tillari yoʻnalishlarida jami 20 dan ortiq kasb va 7 ta xorijiy tillar boʻyicha tahsil olmoqdalar”, deydi Norov.
Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-sonli qarori asosida respublikaning barcha hududlarida jami 14 ta monomarkaz va 30 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etilgan.
Maʼlumot uchun, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq fuqarolarni xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirishida bir qator topshiriqlar va tartib-tamoyillar berib oʻtilgan.
Ushbu maqsadda, xorijga ketish oldidan fuqaro Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mintaqaviy filialiga murojaat qilib, Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan vaqtincha ishsiz deb eʼtirof etilgani holda band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi monomarkaz yoki boshqa oʻquv markazlariga yoʻllanma oladi.
Kerak boʻlganda, mehnat migrantlarini xorijga ishlash uchun ketishi oldidan kasb-hunar va chet tillaridan taʼlim olishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0