Iqtisod

Oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar MDH tanlovida gʻolib boʻlishdi

© SputnikPremiya SNG v oblasti kachestva produktsii i uslug
Premiya SNG v oblasti kachestva produktsii i uslug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻqonlik va Qamarqandlik korxonalar MDH sifatli mahsulot va xizmatlar tanlovda ilk bor ishtirok etib, birinchi oʻrinni egallashdi.
TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonning ikkita korxonasi: Samarqanddagi "AGROMIR" MCHJ va Qoʻqondagi "Indorama Kokand Textile" AJga MDH-2021 mukofoti topshirildi.
Aytilishicha, Oʻzbekiston korxonalari tanlovda ilk bor ishtirok etib, darhol birinchi oʻrinni egallashdi.
“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, laureatlar va diplom egalariga mukofot tamgʻasi tasviridan mahsulotlarni yorliqlash va qadoqlash, reklama maqsadlarida va hujjatlarda uch yil muddatga foydalanish huquqi beriladi.
Gʻoliblar 13 iyul kuni Toshkent shahrida taqdirlanadi. Tanlovda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekistondan 18 ta korxona ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, mazkur tanlov 2005 yildan beri har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinmoqda. Uning maqsadi yuqori sifatli mahsulot va xizmatlar eksportini ragʻbatlantirish, MDHga aʼzo davlatlar tashkilotlarida innovatsion texnologiyalar va samarali boshqaruv usullarini joriy etishdan iborat. Oʻzbekiston tanlovda 2018 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0