Qoraqalpog‘istonda uzoq masofadagi mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etiladi

© pexels.com/Karolina GrabowskaMeditsinskiy rabotnik
Meditsinskiy rabotnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Prezident Qoraqalpog‘istonda 2022–2024 yillarda aholi salomatligini muhofaza qilish yanada kuchaytirishga oid qaror imzoladi.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda uzoq masofadagi mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–310 sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:
Surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar uchun 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi;
80 o‘rinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi;
Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida 20 o‘rinli xirurgiya bo‘limi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali;
Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida mavjud o‘rinlar doirasida umidsiz og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan bo‘lim (xospis).
2022 yil yakunigacha:
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda qo‘shimcha 34 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi;
tez tibbiy yordam xizmati 63 ta yangitez tibbiy yordam maxsus avtotransportlar bilan ta’minlanadi.
2022 yil 1-sentabrdan:
ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va oilaviy poliklinika filiallari negizida 16 ta oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi;
bolalar orasida ko‘p uchrayotgan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 2–10 yoshli bolalar orasida gelmintoz, 12–15 yoshli qizlar orasida kamqonlik kasalligi bo‘yicha skrining dasturlari joriy etiladi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha o‘rinbosarilavozimi joriy etildi.
Vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatini ustuvor tarzda Orolbo‘yi mintaqasida tashkil etadi. U sohaga oid muammolarni shahar va tumanlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda joyida hal etib borish uchun tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.
Qolaversa, shu yil 1-iyuldanleprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.
Qarorga ko‘ra:
kamida 3-yillik ish stajiga ega oilaviy shifokorlarni birlamchi bo‘g‘inda tor soha mutaxassisi sifatida ishlashi uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi;
tibbiyot OTM bitiruvchilari hamda tibbiyot muassasalari mutaxassislarini tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmatida ishlashi uchun Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitiladi;
2022–2024 yillarda kamida 75 nafar tibbiyot xodimlari nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0