https://oz.sputniknews-uz.com/20220708/sindzo-abe-vafot-etdi-26027240.html
Sindzo Abe suiqasd oqibatida vafot etdi
Sindzo Abe suiqasd oqibatida vafot etdi
Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Nara shahrida uyushtirilgan suiqasd oqibatida vafot etdi. 08.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-08T14:00+0500
2022-07-08T14:00+0500
2022-07-08T14:12+0500
dunyoda
yaponiya
sindzo abe
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/08/26027051_0:0:2379:1339_1920x0_80_0_0_9c76f467a3b987ef454e438019b34cf2.jpg
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan soʻng vafot etdi, deb xabar bermoqda Yaponiya telekanali.Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutqi soʻzlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qoʻlbola quroldan ikki marta oʻq uzgan. Tajovuzdan soʻng siyosatchi ogʻir ahvolda vertolyotda kasalxonaga olib ketilgan edi.Politsiya jinoyatchini voqea joyida qoʻlga olgan. U 41 yoshli Tetsuya Yamagami ismli fuqaro, sobiq dengiz piyoda askari boʻlib chiqdi. Dastlabki soʻrovlarga koʻra, u sobiq bosh vazir Sindzo Abe olib borgan siyosatidan norozi boʻlgan va shu sababli uni oʻldirmoqchi boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, suiqasd Sindzo Abening saylovoldi kampaniyasi vaqtida uyushtirilgan. Yaponiya uchun bu "haqiqiy varvarlik", deb yozmoqda mahalliy gazetalar. Sindzo Abe - 67 yoshda edi. U 2020 yil sentyabrida bosh vazirlik lavozimini oʻz ixtiyori bilan tark etdi. U vazirlar mahkamasiga 3188 kun rahbarlik qildi - bu Yaponiyaning urushdan keyingi tarixidagi oʻzidan oldingi prezidentlar orasida eng uzun davr boʻldi. Ekspertlar xulosasiga koʻra, Sindzo Abe rahbarlik davri Rossiya - Yaponiya munosabatlarining eng iliqlashgan davri hisoblanadi.
yaponiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/08/26027051_211:0:2238:1520_1920x0_80_0_0_d7fd06a02b8cba5402480938dcd3db7e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yaponiya, sindzo abe
Sindzo Abe suiqasd oqibatida vafot etdi
14:00 08.07.2022 (yangilandi: 14:12 08.07.2022) Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Nara shahrida uyushtirilgan suiqasd oqibatida vafot etdi.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan soʻng vafot etdi, deb xabar bermoqda Yaponiya telekanali.
Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutqi soʻzlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qoʻlbola quroldan ikki marta oʻq uzgan. Tajovuzdan soʻng siyosatchi ogʻir ahvolda vertolyotda kasalxonaga olib ketilgan edi.
Politsiya jinoyatchini voqea joyida qoʻlga olgan. U 41 yoshli Tetsuya Yamagami ismli fuqaro, sobiq dengiz piyoda askari boʻlib chiqdi. Dastlabki soʻrovlarga koʻra, u sobiq bosh vazir Sindzo Abe olib borgan siyosatidan norozi boʻlgan va shu sababli uni oʻldirmoqchi boʻlgan.
Maʼlum boʻlishicha, suiqasd Sindzo Abening saylovoldi kampaniyasi vaqtida uyushtirilgan. Yaponiya uchun bu "haqiqiy varvarlik", deb yozmoqda mahalliy gazetalar.
Sindzo Abe - 67 yoshda edi. U 2020 yil sentyabrida bosh vazirlik lavozimini oʻz ixtiyori bilan tark etdi. U vazirlar mahkamasiga 3188 kun rahbarlik qildi - bu Yaponiyaning urushdan keyingi tarixidagi oʻzidan oldingi prezidentlar orasida eng uzun davr boʻldi. Ekspertlar xulosasiga koʻra, Sindzo Abe rahbarlik davri Rossiya - Yaponiya munosabatlarining eng iliqlashgan davri hisoblanadi.