Dunyoda

Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohini egallab oldi

© AFP 2022 / -Protestuyuщiye zaxvatili rezidentsiyu prezidenta Shri-Lanki.
Protestuyuщiye zaxvatili rezidentsiyu prezidenta Shri-Lanki. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohini egallab oldi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Shri-Lankada namoyishchilar prezident Gotabay Rajapaksa qarorgohini egallab oldi, deb xabar berdi mahalliy OAVlari.
Olomon prezident qarorgohi oldidagi panjaradan oshib oʻtib, hududni egallab oldi.
Kolombodagi Milliy gospitaldagi manbalarga tayangan holda Ada Derana xabariga koʻra, tartibsizliklar paytida kamida 30 kishi jarohatlandi.
Bosh vazir Ranil Vikremesinge partiya yetakchilarining favqulodda yigʻilishini chaqirdi. Shu bilan birga, bir guruh deputatlar prezidentni isteʼfoga chiqishga chaqirishdi.
Shri-Lankadagi siyosiy faollar avvalroq iqtisodiy inqiroz oqibatlari tufayli poytaxt Kolomboda hukumatga qarshi marsh oʻtkazishga chaqirgan edi. Kolombo sudi politsiyaning 8 va 9 iyul kunlari prezident qarorgohi yaqinida norozilik namoyishlarini taqiqlash haqidagi iltimosini rad etdi, biroq xavfsizlik kuchlari har qanday noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda zarur choralarni koʻrish vakolatiga ega ekanligini taʼkidladi.
Shri-Lanka 1948 yilda mustaqillikka erishganidan beri eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda oziq-ovqat, asosiy ehtiyojlar, dori-darmon, gaz yetishmaydi. Koronavirus pandemiyasi asosiy valyuta manbai boʻlgan turizm sektoriga taʼsir qilib, hukumat yetarli miqdorda yoqilgʻi xarid qila olmadi. Shu bilan birga, orol davlatining tashqi qarzi 51 mlrd $ga baholanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0