https://sputniknews-uz.com/20220709/tez-yordamga-qancha-chaqiriq-kelib-tushgani-malum-qilindi-26057965.html
Tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi
Tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda 2022 yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi.
2022-07-09T16:48+0500
2022-07-09T16:48+0500
2022-07-09T17:40+0500
jamiyat
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/1c/16092355_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20867c971275cd7addb3650828e48983.jpg
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2022 yilning 6 oyi mobaynida 103 xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar soni haqida maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, yanvar—iyun oylarida mamlakat boʻyicha tez yordamga jami 6 million 245 ming 280 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 570 ming 817 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan. Eng koʻp murojaat Fargʻona (719 341 ta), Andijon (666 206 ta), Toshkent viloyati (623 095 ta) va Toshkent shahri (622 578 ta) hissasiga toʻgʻri kelgan.Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning yanvar—iyun oylarida fuqarolardan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 5 million 811 ming 380 ta chaqiriq kelib tushgan."Joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida tez yordamga koronavirusga chalingan va kasallikka gumon qilingan bemorlar boʻyicha 11 ming 157 ta chaqiriq kelib tushdi. Soʻnggi haftalarda yurtimizda kasallanish holatlari va 103 xizmatiga murojaatlar soni ortishi kuzatilmoqda. Shu bois ayni paytda mamlakatimiz boʻylab ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etilyapti. Bu esa chaqiruv manzillariga oʻz vaqtida yetib borish va kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi", — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashev.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/1c/16092355_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_67bfc33e0e76a329d5d4cb8f526f2367.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi
tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi
Tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi
16:48 09.07.2022 (yangilandi: 17:40 09.07.2022) Oʻzbekistonda 2022 yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga qancha chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2022 yilning 6 oyi mobaynida 103 xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar soni haqida
maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, yanvar—iyun oylarida mamlakat boʻyicha tez yordamga jami 6 million 245 ming 280 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 570 ming 817 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan. Eng koʻp murojaat Fargʻona (719 341 ta), Andijon (666 206 ta), Toshkent viloyati (623 095 ta) va Toshkent shahri (622 578 ta) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning yanvar—iyun oylarida fuqarolardan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 5 million 811 ming 380 ta chaqiriq kelib tushgan.
"Joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida tez yordamga koronavirusga chalingan va kasallikka gumon qilingan bemorlar boʻyicha 11 ming 157 ta chaqiriq kelib tushdi. Soʻnggi haftalarda yurtimizda kasallanish holatlari va 103 xizmatiga murojaatlar soni ortishi kuzatilmoqda. Shu bois ayni paytda mamlakatimiz boʻylab ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etilyapti. Bu esa chaqiruv manzillariga oʻz vaqtida yetib borish va kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi", — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashev.