Toshkent aeroporti "Azimut"ning Mineralnie Vodi shahridan uchgan ilk reysini qabul qildi

© Sputnik / Vitaliy TimkivSamolet aviakompanii Azimuth
Samolet aviakompanii Azimuth  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent aeroporti "Azimut" aviakompaniyasining Mineralnie Vodi shahridan uchgan birinchi reysini qabul qildi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi havo kemasi 8-iyul kuni soat 04:40 da 92 nafar yo‘lovchi bilan Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Mineralnie Vodi—Toshkent—Mineralnie Vodi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirgan Suhoy Superjet (SU95) suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Qarshi yo‘nalishdagi yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda Azimut aviakompaniyasi vakillari, o‘rnatilgan an’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib aviachipta sotib olgan yo‘lovchini tabriklashdi. Anfisa Yusupova baxtiyor yo‘lovchi bo‘lib, unga aviakompaniya yo‘nalishlari bo‘yicha bir yil muddatga amal qiladigan ikki kishilik aviachiptalar sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Mineralnie Vodi—Toshkent—Mineralnie Vodi yo‘nalishi bo‘yicha reyslar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0