Turkiyada Chingizxon nabirasining saroyi topildi

© wikipedia.orgVnuk Chingisxana, xan Xulagu so svoyey jenoy-xristiankoy. Illyustratsiya iz persidskoy xroniki Rashida ad-Dina, nachalo XIV veka
Vnuk Chingisxana, xan Xulagu so svoyey jenoy-xristiankoy. Illyustratsiya iz persidskoy xroniki Rashida ad-Dina, nachalo XIV veka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2022
Obuna bo‘lish
Van viloyatida Chingizxonning nabirasi Hulaguxon davridagi binolar qoldiqlari topildi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Turk va mo‘g‘ul arxeologlari Van viloyatida Chingizxonning nabirasi Hulaguxon davridagi binolar qoldiqlarini topdilar. Bu haqda Naked Science nashri xabar berdi.
Mo‘g‘uliston davlat universitetining tarix fakulteti olimlari qadimgi fors va arman manbalarida XIII asrda Hulagu yozgi saroyi qayerda joylashganligi haqidagi ma’lumotlarni topdilar. Bu ma’lumotni Van tarixiy muzeyi ashyolari bilan solishtirgan olimlar saroyning joylashishini aniqladilar.
Qazishmalar natijasida arxeologlar karvonsaroy va sopol pechning qoldiqlarini topdilar, ehtimol Hulaguiylar (Ilxoniylar) davlati davriga oid - tarixchilar Hulagu istilolari natijasida rivojlangan davlatni shunday belgilaydilar (1217-1265 yillarda yashagan). Shuningdek, ular devor qoldiqlarini topdilar, ularning joylashuvi xon saroyiga o‘xshaydi.
Hulagu o‘z davrining eng iste’dodli mo‘g‘ul sarkardalaridan biri edi. U mo‘g‘ullarning Eron nizoriylariga, Abbosiylar (Bag‘dod) xalifaligiga va Ayyubiylar sultonligiga (Misr va G‘arbiy Osiyo) qarshi Yaqin Sharq deb atalgan yurishiga boshchilik qilgan. Bu davlatlarning barchasi qulab tushdi, ularning o‘rniga Hulagu davlatini tashkil etdi.
O‘sha davrdagi fors tarixchilari Hulagu qo‘shinlarining soni 70 ming kishini tashkil etganligini yozganlar. Ehtimol, xonning o‘zi buddist, katta xotini esa xristian bo‘lgan. Shuning uchun olimlar yozgi saroy yonidan buddist va nasroniy ibodatxonalari xarobalarini topishga umid qilmoqda.
Bugungi kunga qadar dunyoda to‘rtta mo‘g‘ul saroyining qoldiqlari topilgan. Bular Ichki Mo‘g‘ulistondagi (XXR) Xubilay Xonning saroyi, Erondagi Ambagayxonning yozgi saroyi va Astraxan viloyatidagi Selitrennoe posolkasidagi Oltin O‘rda poytaxti, ya’ni Saray-Batu deb atalmish Eski Saroy.
Yangiliklar lentasi
0