Iqtisod

Ai-80 benzini narxi nega oshdi – “Oʻzbekneftgaz” izohi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishRabota AZS v Moskve
Rabota AZS v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Taʼkidlanishicha, import qiluvchilarning yuqori oktanli avtobenzinni chetdan keltirishni kamaytirishi natijasida, Ai-80 rusumli avtobenzinga boʻlgan talab ortmoqda.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. "Oʻzbekneftgaz" kompaniyasi mamlakatda Ai-80 rusumli avtobenzin narxi toʻsatdan qimmatlashishi yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, "Oʻzbekneftgaz" AJning Toshkent shahri va viloyatiga qarashli AYOQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzin narxi 6 800 soʻmni tashkil etgan bir paytda, xususiy AYOQShlarda 7 000 soʻmdan 7 700 soʻmgacha yoki 200 soʻmdan 900 soʻmgacha qimmat narxlarda sotilmoqda.
“Oxirgi kunlarda import qiluvchi korxonalar tomonidan yuqori oktanli avtobenzinning chetdan keltirishini kamayishi natijasida Ai-80 rusumli avtobenzinga boʻlgan talab ortmoqda”, - deyilgan xabarda.
Respublika isteʼmolchilariga iyul oyi 7 kunida yetkazib berilgan benzin miqdorini oʻtgan hisobot davriga mos ravishda taqqoslanganda, respublika boʻyicha 1 193 tonnaga yoki 120 foizga ehtiyoj oshgan boʻlsa, Andijonda 222 foiz, Toshkent viloyatida 163 foiz, Jizzaxda 155 foiz, Qashqadaryoda 141 foizni tashkil etib respublika koʻrsatgichidan katta.
Misol uchun, "UNG Petro" MCHJ tomonidan iyun oyida oʻrtacha bir kunda 529 tonna sotilgan boʻlsa, iyul oyiga kelib oʻrtacha bir kunda 611 tonna yoki 82 tonnaga talab oshdi.
Ai-80 rusumli avtobenzinga talab ortishi natijasida 2022 yilning iyul oyida Ai-80 rusumli avtobenzinning birja savdolarida 1 tonna uchun shakllangan narxi 9 366 ming soʻmni tashkil etgan.
2022-oyda ushbu koʻrsatkich 10 454 ming soʻmni tashkil etib, iyun oyida oʻrtacha shakllangan narxlarga nisbatan 974 ming soʻmga oshgan. Bu esa oʻz navbatida, xususiy AYOQShlar tomonidan sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin narxi oshishiga olib kelgan.
Hozirgi kunda birja savdolariga qoʻyilayotgan miqdorlar oshirilishi natijasida 1 tonna Ai-80 rusumli avtobenzinning oʻrtacha narxi 9 484 minggacha pasaytirilgan.
Isteʼmolchilarning 65 foizini "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan ishlab chiqilgan benzin hisobidan qoplanadi, qolgani boshqa ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan qoplanadi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan birja savdolariga Ai-80 rusumli avtobenzin 2022 yilning 7 iyul kuni 4 ming tonna, 8 iyul kuni 3 ming tonna qoʻyilgan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini benzin ishlab chiqarish uskunalari 110 foiz quvvatda ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0