https://oz.sputniknews-uz.com/20220710/boris-jonson-istefodan-keyin-siyosatdan-ketishi-mumkin--oav-26072617.html
Boris Jonson isteʼfodan keyin siyosatdan ketishi mumkin – OAV
Boris Jonson isteʼfodan keyin siyosatdan ketishi mumkin – OAV
7 iyul kuni, Britaniya hukumati aʼzolarining ommaviy isteʼfoga chiqishi ortidan, u konservatorlar partiyasi rahbari va bosh vazir lavozimlarini tark etishini eʼlon qildi. Jonson partiya yangi yetakchini saylamaguncha oʻz lavozimida qoladi.
2022-07-10T16:56+0500
2022-07-10T16:56+0500
2022-07-10T16:56+0500
dunyoda
boris jonson
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0a/26072582_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_d2574a1627cba584e36baf7017f45874.jpg
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson siyosatni tark etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deya yozadi “The Telegraph” nashri.Nashr manbalariga koʻra, Jonson hozircha deputatlik mandatidan voz kechmoqchi emas, biroq ayni paytda oʻzidan oldingi bosh vazir Tereza Mey kabi jamoatlar palatasida qolish-qolmasligiga ishonchi komil emas.Taʼkidlanishicha, Jonson unga 2016 yilgacha daromad keltirgan publitsistik faoliyatiga va maʼruza oʻqishga qaytishi mumkin. Manbalardan biri Jonson bu haqda shu dam olish kunlari oʻylab koʻrishini aytgan. Hozircha u biror bir qaror qabul qilgani yoki yoʻqligi maʼlum emas.Aprel oyida Jonson koronavirus pandemiyasi davrida Dauning-stritdagi bazmlar bilan bogʻliq janjallarga qaramay, u bosh vazir kursisida qolishi va 2024 yilga belgilangan navbatdagi parlament saylovlarida qatnashishi mumkinligiga ishonch bildirgan edi.Biroq 7 iyul kuni, Britaniya hukumati aʼzolarining ommaviy isteʼfoga chiqishi ortidan, u konservatorlar partiyasi rahbari va bosh vazir lavozimlarini tark etishini eʼlon qildi. Jonson partiya yangi yetakchini saylamaguncha oʻz lavozimida qoladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0a/26072582_79:0:2810:2048_1920x0_80_0_0_801c899e428c7af04a5d858c7187c9b9.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
boris jonson isteʼfo
Boris Jonson isteʼfodan keyin siyosatdan ketishi mumkin – OAV
Taʼkidlanishicha, Jonson unga 2016 yilgacha daromad keltirgan publitsistik faoliyatiga va maʼruza oʻqishga qaytishi mumkin.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson siyosatni tark etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deya
yozadi “The Telegraph” nashri.
Nashr manbalariga koʻra, Jonson hozircha deputatlik mandatidan voz kechmoqchi emas, biroq ayni paytda oʻzidan oldingi bosh vazir Tereza Mey kabi jamoatlar palatasida qolish-qolmasligiga ishonchi komil emas.
Taʼkidlanishicha, Jonson unga 2016 yilgacha daromad keltirgan publitsistik faoliyatiga va maʼruza oʻqishga qaytishi mumkin. Manbalardan biri Jonson bu haqda shu dam olish kunlari oʻylab koʻrishini aytgan. Hozircha u biror bir qaror qabul qilgani yoki yoʻqligi maʼlum emas.
Aprel oyida Jonson koronavirus pandemiyasi davrida Dauning-stritdagi bazmlar bilan bogʻliq janjallarga qaramay, u bosh vazir kursisida qolishi va 2024 yilga belgilangan navbatdagi parlament saylovlarida qatnashishi mumkinligiga ishonch bildirgan edi.
Biroq 7 iyul kuni, Britaniya hukumati aʼzolarining ommaviy isteʼfoga chiqishi ortidan, u konservatorlar partiyasi rahbari va bosh vazir lavozimlarini tark etishini
eʼlon qildi. Jonson partiya yangi yetakchini saylamaguncha oʻz lavozimida qoladi.