Dostonbek Otabolayev Butunjahon o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi

© Foto: NOK UzbekistanaDostonbek Otabolayev
Dostonbek Otabolayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik karatechi AQShning Birmingem shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon o‘yinlarida mamlakat delegatsiyasiga ilk medalni taqdim etdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik karatechi Dostonbek Otabolayev AQShning Alabama shtati, Birmingem shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon o‘yinlarida mamlakat delegatsiyasining ushbu musobaqadagi ilk medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
-75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Otabolayev guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yarim finalda ukrainalik Stanislav Xorunaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shundan so‘ng bronza medali uchun kechgan jangda amerikalik Tomas Skottni mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0