Moskvada N.V. Kim nomidagi guruch festivali bo‘lib o‘tmoqda – video

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishPrazdnik plova, arxivnoe foto
Prazdnik plova, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna bo‘lish
Nikolay Kim butun umri davomida Xorazm viloyatida mehnat qilgan va guruchning eng sara navlarini yetishtirish texnologiyalarini o‘rgangan.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Moskvada Qurbon hayitining birinchi kunida seleksioner Nikolay Kimga bag‘ishlangan guruch festivali boshlandi. Tadbir VDNX hududida 9-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Kim butun umri davomida Xorazm viloyatida mehnat qilgan va guruchning eng sara navlarini yetishtirish texnologiyalarini o‘rgangan. Aynan u tufayli palov tayyorlash uchun keng foydalaniladigan “Lazer” navi mashhur bo‘lgan.
Festivalning birinchi kunida mehmonlar haqiqiy o‘zbek palovi qanday tayyorlanishini kuzatishdi, keyin esa tayyor bo‘lgan palov mazasini totib ko‘rishdi.
Festivalga tashrif buyurganlar turli musiqa va raqslardan ham bahramand bo‘lishdi. Ular uchun o‘zbek va rus qo‘shiqlari yangradi.
Guruch festivali “Xalqlar do‘stligi” milliy mehmondo‘stlik festivali doirasida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0