Dunyoda

JARdagi otishmada 14 kishi halok boʻldi

© AFP 2022 / Marco LongariPolitsiya v Yujnoy Afrike. Arxivnoye foto
Politsiya v Yujnoy Afrike. Arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Voqea Soueto shaharchasidagi barlardan birida shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlgan.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahri chekkasidagi barlardan birida roʻy bergan otishma vaqtida kamida 14 kishi halok boʻldi. Bu haqda RIA Novosti eNCA telekanaliga tayangan holda xabar bermoqda.
Voqea Soueto shaharchasida shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. telekanal maʼlumotlariga koʻra, yana 10 kishi yarador boʻlgan, ulardan uch nafarining ahvoli ogʻir.
Mahalliy politsiya voqea sabablarini oʻrganmoqda.
Yangiliklar lentasi
0