Rossiya

Medvedev: Rossiya bilan yana hisoblashishni boshlashdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedaniye mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF
Zampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedaniye mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Medvedev maxsus harbiy operatsiya boshlangandan keyin Rossiya bilan SSSR bilan boʻlgani kabi hisoblashishni boshlashganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya bilan rostakamiga hisoblashishni boshlashganini maʼlum qildi. Bundan, xususan, Gʻarb tomonidan Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar dalolat beradi.
Medvedevning taʼkidlashicha, Donbass fuqarolarini himoya qilish va Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilishdan iborat maxsus harbiy operatsiyaning oldiga qoʻyilgan barcha maqsadlariga erishiladi.
“Biroq allaqachon hal qilingan yana bitta vazifa ham bor. Rossiya bilan rostakamiga hisoblashisha boshlashdi. Sovet Ittifoq bilan boʻlgani singari. Sanktsiyalar toʻplamiga qaraganda, ayrim narsalarda yanada jiddiyroq”, - deya yozdi u oʻzining telegram kanalida.
Medvedev mamlakat bilan hisoblashishlari va uni hurmat qilishlari muhimligini taʼkidlagan.
“Buyuk Rossiya aynan shunday boʻlmogʻi zarur”, - deya xulosa qilgan siyosatchi.
Yangiliklar lentasi
0