https://sputniknews-uz.com/20220710/wizzair-abu-dhabi-26075341.html
“WizzAir Abu Dhabi” Toshkent va Samarqandga arzon reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda
“WizzAir Abu Dhabi” Toshkent va Samarqandga arzon reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda
“WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi kam byudjetli narxlarda Oʻzbekiston shaharlariga parvoz yoʻnalishlarini kengaytirish boʻyicha rejalari bilan oʻrtoqlashdi. 10.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-10T19:31+0500
2022-07-10T19:31+0500
2022-07-10T19:31+0500
jamiyat
toshkent
samarqand
aviaparvozlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0a/26075182_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a547c98ec6572cdc06efd1d83e2300ac.jpg
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. “WizzAir Abu Dhabi” loukosteri joriy yilning 4-choragidan boshlab Abu-Dabidan Toshkent va Samarqandga reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Shuhrat Vafoyevning “WizzAir Abu Dhabi” (BAA) boshqaruvchi direktori Maykl Berlui boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralari chogʻida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi rahbariyati kam byudjetli narxlarda parvoz yoʻnalishlarini kengaytirish boʻyicha rejalari bilan oʻrtoqlashgan. Hususan, yangi reyslarning ishga tushirilishi BAA va Oʻzbekiston oʻrtasida havo transportiga boʻlgan talabni qondiradi, chiptalarning ommabopligini taʼminlaydi, ikki mamlakat oʻrtasida yoʻlovchilar tashish hajmini koʻpaytiradi. Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini roʻyobga chiqarishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Maʼlumot uchun: “WizzAir Abu Dhabi” – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam byudjetli aviakompaniya, Birlashgan Arab Amirliklarining ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda "Wizz Air Holdings" xalqaro xolding tomonidan tashkil etilgan qoʻshma korxonasidir.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0a/26075182_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4835af72ff7bfbf3d4d6be8218ea1ff6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
toshkent, samarqand, aviaparvozlar
toshkent, samarqand, aviaparvozlar
“WizzAir Abu Dhabi” Toshkent va Samarqandga arzon reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda
“WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi kam byudjetli narxlarda Oʻzbekiston shaharlariga parvoz yoʻnalishlarini kengaytirish boʻyicha rejalari bilan oʻrtoqlashdi.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. “WizzAir Abu Dhabi” loukosteri joriy yilning 4-choragidan boshlab Abu-Dabidan Toshkent va Samarqandga reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Shuhrat Vafoyevning “WizzAir Abu Dhabi” (BAA) boshqaruvchi direktori Maykl Berlui boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralari chogʻida
maʼlum qilindi. “Aviakompaniyaning Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi va Abu-Dabi – Samarqand – Abu-Dabi yoʻnalishlarida har bir yoʻnalish boʻyicha haftasiga 4 reysdan iborat muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha erishilgan kelishuvlarning ahamiyati va dolzarbligi alohida taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi rahbariyati kam byudjetli narxlarda parvoz yoʻnalishlarini kengaytirish boʻyicha rejalari bilan oʻrtoqlashgan. Hususan, yangi reyslarning ishga tushirilishi BAA va Oʻzbekiston oʻrtasida havo transportiga boʻlgan talabni qondiradi, chiptalarning ommabopligini taʼminlaydi, ikki mamlakat oʻrtasida yoʻlovchilar tashish hajmini koʻpaytiradi. Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini roʻyobga chiqarishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Maʼlumot uchun: “WizzAir Abu Dhabi” – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam byudjetli aviakompaniya, Birlashgan Arab Amirliklarining ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda "Wizz Air Holdings" xalqaro xolding tomonidan tashkil etilgan qoʻshma korxonasidir.