https://sputniknews-uz.com/20220710/xususiy-notariuslarga-oid-yangi-tartib-elon-qilindi-26066660.html
Xususiy notariuslarga oid yangi tartib eʼlon qilindi
Xususiy notariuslarga oid yangi tartib eʼlon qilindi
Xususiy notarial faoliyatni boshlash uchun malaka imtihonini topshirish boʻyicha ariza my.gov.uz orqali beriladi. 10.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-10T21:40+0500
2022-07-10T21:40+0500
2022-07-10T21:40+0500
jamiyat
notarius
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/753/89/7538961_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_bfc96246d96027c3998335149234fbe7.jpg
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Hukumatning 7 iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.Reglament malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish va imtihonni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali komissiya tomonidan koʻrsatiladi.Talabgor 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta boʻlmasligi, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka oʻtagan boʻlishi shart.Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtmagan shaxslar 6 oy stajirovka oʻtaydi.Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:Davlat xizmatini koʻrsatish uchun BHMning yarim baravari (150 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.Komissiya 20 ish kuni ichida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.Malaka imtihoni talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 5 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/753/89/7538961_11:0:2742:2048_1920x0_80_0_0_ebed5d8b773d89f0781ce4d4139a93d2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
notarius
Xususiy notariuslarga oid yangi tartib eʼlon qilindi
Xususiy notarial faoliyatni boshlash uchun malaka imtihonini topshirish boʻyicha ariza my.gov.uz orqali beriladi.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Hukumatning 7 iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
tasdiqlandi. Reglament malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish va imtihonni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali komissiya tomonidan koʻrsatiladi.
Talabgor 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta boʻlmasligi, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka oʻtagan boʻlishi shart.
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtmagan shaxslar 6 oy stajirovka oʻtaydi.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs – 3 yil mobaynida.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun BHMning yarim baravari (150 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Komissiya 20 ish kuni ichida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.
Malaka imtihoni talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 5 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.