Sport

Oʻzbekiston jamoasi Budapeshtdagi “Katta dubulgʻa” turnirini 2 ta medal bilan yakunladi

© Foto: NOK UzbekistanaRaximjon Subxonov
Raximjon Subxonov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vengriya poytaxtida 8-10 iyul kunlari dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi Budapeshtdagi “Katta dubulgʻa” turnirini bitta kumush va bronza medali bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqa 8-10 iyul kunlari boʻlib oʻtdi. Unda yetti nafar oʻzbekistonlik sportchi qatnashdi.
Musobaqaning soʻnggi kunida +100 kg vazn toifasidagi mamlakat vakili Shohrux Baxtiyorov bronza medali uchun kurashdi. Finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqqan Baxtiyorov ajoyib harakatlari bilan gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdira oldi va bronza medaliga ega chiqdi.
© Natsionalnыy olimpiyskiy komitet UzbekistanaShoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzyudoist.
Shoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzyudoist. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Shoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzyudoist.
Ushbu natija bilan sportchi oʻz hisobiga jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 yoʻlida 250 reyting ochkosini yozib qoʻymoqda.
Kuni kecha oʻzbekistonlik dzyudochi Rahimjon Subhonov kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
Shu tariqa, ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurgan terma jamoa ushbu musobaqani bittadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0