Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Onkologik kasallikka chalinganlar emlanishi mumkinmi?

Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
COVID-19 infektsiyasi onkologik kasallikka chalingan bemorlarda juda ogʻir oʻtadi.
Eʼzozbek Rizayev, shifokor:
— Maʼlumki, COVID-19 infektsiyasi onkologik kasallikka chalingan bemorlarda juda ogʻir oʻtadi.
Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan onkologik xastaliklar bilan ogʻriyotgan bemorlarni koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash zarur, deb belgilangan.
Biroq bunda tibbiy muolajalar turiga eʼtibor qaratish lozim.
Yaʼni, agar bemorda kimyo yoki nur terapiyasi kursi oʻtkaziladigan boʻlsa, emlash ushbu muolajadan avval qilinishi zarur.
Sababi, bu tibbiy muolajalar inson organizmida immun tizimining kuchsizlanishiga olib keladi. Natijada bu payt bemor vaktsina olganida, tanada koronavirus infektsiyasiga qarshi javob reaktsiyasi – antitanachalar ishlab chiqarilishi past boʻladi.
Demak, onkologik kasalliklarga chalinganlar COVID-19ni yengil oʻtkazishi uchun ham emlanishi zarur.
Yangiliklar lentasi
0