O‘zbekiston harbiy xizmatchilari III xalqaro harbiy sport o‘yinlarida 2-o‘rinni egallashdi

Obuna bo‘lish
Mazkur xalqaro armiya sport o‘yinlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus va Rossiya terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordilar.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston harbiy xizmatchilari MDH ishtirokchi davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan III xalqaro harbiy sport o‘yinlarida 2-o‘rinni egallashdi.
O‘yinlar 4 – 10-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tdi va Mustaqil MDH Mudofaa vazirliklari kengashining 30-yilligiga bag‘ishlangan edi.
Harbiylashtirilgan kross, armiya qo‘l jangi, tosh ko‘tarish, shtat qurollaridan o‘q otish, ofitserlar uchkurashi sport turlari o‘rin olgan mazkur xalqaro armiya sport o‘yinlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Armaniston, Belarus va Rossiya terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordilar.
O‘zbekistonlik harbiylar qo‘lga kiritgan natijalar:
Harbiylashtirilgan kross:
- yakkalik bahslarda kichik serjant Bekzod Toshpo‘latov 10.47 natija bilan 1-o‘rin (JG‘MHO);
- yakkalik bahslarda kichik serjant Saida Abdumo‘minova 10.44 natija bilan 3-o‘rin (kinologiya xizmati markazi);
- umumjamoa hisobida 3-o‘rin.
Tosh ko‘tarish:
- yakkalik bahslarda 68 kg. vazn toifasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Sanjarbek Inomov (JG‘MHO), 73 kg. vazn toifasida kichik serjant Fazliddin Majidov (ShG‘HO) va 95 kg. vazn toifasida kichik serjant Muxammadali Ortiqov (ShG‘HO) 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Shtat qurollardan o‘q otish:
- PM-3 yo‘nalishining yakkalik bahslarda Qurolli Kuchlar xizmatchisi Mariya Muxiddinova (MV Sport markazi) 264 natija bilan 3-o‘rin;
- AK-3 yo‘nalishining yakkalik bahslarda kichik serjant Yana Fatxi (MV Sport markazi) 275 natija bilan 1-o‘rin va mayor Doniyor Djumanov (THO) 272 natija bilan 3-o‘rin;
- umumjamoa hisobida 1-o‘rin.
Ofitserlar uchkurashi:
- yakkalik bahslarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Aleksandr Kurishev (MV Sport markazi) 3000 metrga yugurish 9.12 natija bilan hamda 300 metr masofaga erkin suzish mashqida 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi;
- umumjamoa hisobida 4-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Armiya qo‘l jangi:
- 55 kg. vazn toifasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Otabek Sirojiddinov (JG‘MHO) 2-o‘rin;
- 60 kg. vazn toifasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Mirzoir Muzaffarov (ShHO) 1-o‘rin;
- 65 kg. vazn toifasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Temurmalik Mamadaliyev (JG‘MHO) 2-o‘rin;
- 70 kg. vazn toifasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Husniddin Ro‘ziyev (JG‘MHO) 1-o‘rin;
- 75 kg. vazn toifasida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Daler Yuldashev (MHO) 3-o‘rin;
- 80 kg. vazn toifasida kichik serjant Og‘abek Qodirov (JG‘MHO)
1-o‘rin;
- 90 kg. vazn toifasida serjant Sherali Maxamadaminov (THO)
1-o‘rin;
- +90 kg. vazn toifasida Qurolli Kuchlar xizmatchisi Ixtiyor Xalmuratov (THO) 3-o‘rin;
- umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
1/3
2/3
3/3
Yangiliklar lentasi
0