Jamiyat

Oʻzbekistonda 30 dan ortiq oila “Sevgi va sadoqat uchun” medali bilan taqdirlandi

© pixabay.com/lucasazevedoddPara-molodojenы-nevesta-jenix
Para-molodojenы-nevesta-jenix - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mukofotlash marosimi “Oila, sevgi va sadoqat kuni”ga bagʻishlab oʻtkazildi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. 30 dan ortiq turmush qurgan juftliklar “Sevgi va sadoqat uchun” medallari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi 10 iyul kuni Toshkentdagi Svyato-Uspenskiy soborida boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Rossotrudnichestvoning “Rus uyi” vakolatxonasi.

"Toshkentdagi Svyato-Uspenskiy soborida sobori maʼmuriy markazida “Oila, sevgi va sadoqat” kuni nishonlandi. 30 dan ortiq turmush qurgan juftliklar Toshkent va Oʻzbekiston mitropoliti Vikentiy qoʻlidan "Sevgi va sadoqat uchun” medallarini oldilar”, - deyilgan xabarda.

Tadbirda nafaqat turmush qurgan juftliklar, balki jurnalistlar, jamoatchilik vakillari, vatandoshlar tashkiloti rahbarlari, talablar, oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etdi.

"Kasbi, maʼlumoti, millati va dini boʻyicha bir-biriga oʻxshamagan juftliklar, lekin ularni barchasini birlashtiradigan yagona narsa bor. Ular 30, 40 yoki undan koʻproq yil birga yashab, farzandlarni tarbiyalashdi va hayotlaridagi asosiy narsa - oila va bir-biriga muhabbatni saqlab qolishdi" – deyilgan Rossiya uyining xabarida.

"Sevgi va sadoqat uchun" medali - ijtimoyi mukofot. U har yili Rossiyada Oila, sevgi va sadoqat kunida eng yaxshi oilalarga beriladi. 2014 yildan buyon mukofot xorijda ham topshiriladi. 2015yilda Oʻzbekistonda ilk bor taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Rossiyada oila, sevgi va sadoqat kuni 8 iyulda nishonlanadi. Bu bayram rus pravoslav avliyolari Pyotr va Fevroniya xotirasiga bagʻishlangan.
Yangiliklar lentasi
0