Jamiyat

Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aziz Abduhakimov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasida boʻlib, Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo ayladi.
Bu haqda vazirlik axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.
“Qayd etish joizki, Sindzo Abe Yaponiya tarixida eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qoʻshgan siyosiy arbob boʻlgan. Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega boʻlishda ham marhumning xizmatlari kattadir”, - deyilgan xabarda.
1/3
2/3
3/3
8 iyul kuni Sindzo Abe unga qarshi uyushtirilgan suiqasddan soʻng vafot etdi.
Sobiq bosh vazir Yaponiyaning Nara shahrida nutqi soʻzlayotgan vaqtida jinoyatchi orqa tomondan unga qoʻlbola quroldan ikki marta oʻq uzdi. Tajovuzdan soʻng siyosatchi ogʻir ahvolda vertolyotda kasalxonaga olib ketilgandi.
Yangiliklar lentasi
0