Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ortopediya: Ota-onalar qaysi o‘rinlarda xatoga yo‘l qo‘yadi?

CC0 / Pixabay / Novorojdenniy. Arxivnoe foto
Novorojdenniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna bo‘lish
Bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan tayanch-harakat tizimi kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan tayanch-harakat tizimi kasalliklari va ularning kelib chiqish sabablari haqida ma’lumot berdi.
"Har qanday xastalik profilaktikasida tibbiy ko‘rik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, — deydi shifokor. — Jumladan, bolani o‘z vaqtida ortoped tekshiruviga olib borib turish kerak. Yo‘qsa, tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar o‘z vaqtida aniqlanmasligi tufayli bo‘g‘imlar noto‘g‘ri shakllanib, keyinchalik jiddiy kasalliklar yuzaga kelishi xavfi yuqori.
️Masalan, chaqaloqlar beshikka to‘g‘ri belanmasa, uning suyaklari noto‘g‘ri shakllanishi va turli xastaliklar paydo bo‘lishi mumkin. Xususan, chanoq va bo‘ksa bo‘g‘imida displaziya aniqlangan bolalarni beshikka yotqizish og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Odatda, bolani beshikka belashdan oldin uning vujudi siqib yo‘rgaklanadi, qo‘llari bog‘lanadi, oyoqlari ham bir-biriga juda yaqin qilib o‘raladi. Biroq go‘dak vujudi ayni o‘sib-rivojlanadigan davrda bu tarzda o‘rab-chirmash uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
️Shu bois, bolani yo‘rgaklashda chaqaloq oyoqlari orasi katta ochilib, qo‘llari bo‘sh qo‘yilishi, gavdasi bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratilishi maqsadga muvofiq. Aks holda, kichkintoylarda nafaqat son suyagi displaziyasi, balki bo‘yin qiyshiqligi kabi nuqsonlar shakllanadi.
Bundan tashqari, ota-onalarga farzandini tez-tez ochiq havoda, quyosh nuri ostida sayr qildirishni maslahat beramiz. Qolaversa, bolalarga mo‘ljallangan maxsus uqalash muolajalarini o‘z vaqtida olish ularning sog‘lom o‘sishi, jumladan, raxit kasalligiga chalinmasligiga xizmat qiladi.
Bunga yetarli darajada e’tibor qaratilmasa, ko‘krak qafasi deformatsiyasi kelib chiqadi. Bolalarning o‘tirishi, turishi va yurishi ham e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Bu skolioz kasalligi, ya’ni umurtqa pog‘onasi qiyshiqligi paydo bo‘lishining oldini olishda muhim.
Tug‘ma maymoqlik ham — bolalar o‘rtasida keng tarqalgan ortopedik kasallik turi. Uni bartaraf etish uchun, avvalo, xastalikni o‘z vaqtida aniqlash zarur. Bu muolajalar samaradorligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Bel-umurtqa, tizza va yelka bo‘g‘imi kasalliklariga esa kamharakatlilik, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. Shu bois bola parvarishida sog‘lom turmush tarziga qat’iy amal qilish eng muhim talabdir.
Yangiliklar lentasi
0