Jamiyat

Litseylarga saralash imtihonlarini oʻtkazish grafigi eʼlon qilindi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Litseylarda imtihonlar 13 iyuldan 16 iyulga qadar 2 smenada oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini oʻtkazish grafigi tasdiqlandi.
Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, litseylarda imtihonlar 13 iyuldan 16 iyulga qadar (har kuni) 2 smenada oʻtkaziladi.
Abituriyentlar dastlabki saralash imtihoniga kirish ruxsatnomasini 12 iyul kuni soat 15:00 dan boshlab litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlar imtihonlarga kirish uchun ushbu ruxsatnoma bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (tugʻilganlik guvohnomasi, pasporti yoki ID kartasini) ham olib borishlari lozim.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun litseylarning “Call-center”lariga qoʻngʻiroq qilish mumkin. Ularni @eduuzuniversalbot telegram boti orqali topish mumkin.
Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika instituti tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini oʻtkazishning aniq muddatlari qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.
© Foto: Oʻzbekiston Oliy taʼlim vazirligi
Litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini oʻtkazish grafigi - Sputnik Oʻzbekiston
1/6

2/6

3/6

4/6

5/6

6/6
Yangiliklar lentasi
0