Litseylarga saralash imtihonlarini o‘tkazish grafigi e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Litseylarda imtihonlar 13-iyuldan 16-iyulga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.
Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, litseylarda imtihonlar 13-iyuldan 16-iyulga qadar (har kuni) 2 smenada o‘tkaziladi.
Abituriyentlar dastlabki saralash imtihoniga kirish ruxsatnomasini 12-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlar imtihonlarga kirish uchun ushbu ruxsatnoma bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (tug‘ilganlik guvohnomasi, pasporti yoki ID kartasini) ham olib borishlari lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun litseylarning “Call-center”lariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Ularni @eduuzuniversalbot telegram boti orqali topish mumkin.
Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Nukus davlat pedagogika instituti tasarrufidagi akademik litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini o‘tkazishning aniq muddatlari qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
© Foto: O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligi
Litseylarga dastlabki saralash imtihonlarini o‘tkazish grafigi - Sputnik O‘zbekiston
1/6

2/6

3/6

4/6

5/6

6/6
Yangiliklar lentasi
0