Medvedev yig‘ilgan pullarni rublda saqlashni maslahat berdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii posetil novoe zdanie UVD v Sankt-Peterburge
Prezident Rossii posetil novoe zdanie UVD v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna bo‘lish
Dmitriy Medvedev dollar va yevro kurslarining tenglashgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi.
Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev dollar va yevro kurslarining tenglashgani haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi.
U jamg‘armalarni rublda saqlashni maslahat berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Britaniyaning o‘zlari o‘z iqtisodiyotlarini va Yevropani inqirozga olib keldi:
“Amerikaliklarning marhamatidan "foydali yevropalik ahmoqlar" ko‘proq azob chekishdi. Lekin ularga odam achinmaydi, chunki aynan Yevropa Ittifoqidan rusofoblar Rossiya bilan gibrid urush boshladi va bizga qarshi keng iqtisodiy front ochdi... Zamonaviy dunyoga dollar, yevro va funt sterling yetarli emas. Hozircha esa $1 = €1”.
Bugun Moskva birjasida yevro va dollar kurslari tenglashdi - ikkalasi taxminan 59,3 rublni tashkil etdi, hatto dollar yevrodan yuqorilagandi.
Yangiliklar lentasi
0