Siyosat

Norov Rossiya MSK raisi bilan uchrashdi

© Press-slujba Tsentralnoy izbiratelnoy komissii Rossiyskoy FederatsiiVstrecha i. o. ministra inostrannыx del Uzbekistana Vladimira Norova i Predsedatelya Tsentrizbirkoma (TSIK) Rossii Ellы Pamfilovoy
Vstrecha i. o. ministra inostrannыx del Uzbekistana Vladimira Norova i Predsedatelya Tsentrizbirkoma (TSIK) Rossii Ellы Pamfilovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Muzokaralar chogʻida Vladimir Norov Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritishga oid referendumga koʻrilayotgan tayyorgarlik haqida soʻzlab berdi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Moskvada Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Ella Pamfilovaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. bu haqda Rossiya MSK matbuot xizmati xabar qildi.
Muzokaralar chogʻida Vladimir Norov Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritishga oid referendumga koʻrilayotgan tayyorgarlik haqida soʻzlab berdi va Pamfilovaga xalqaro kuzatuvchilar delegatsiyasiga rahbarlik qilishni taklif qildi.
“Men shaxsan Oʻzbekistonga borishga harakat qilaman. Har qanday holatda Rossiya MSK delegatsiyasi referendumda boʻladi. Sizga referendumni oʻtkazishda muvaffaqiyat tilayman”, - dedi Rossiya MSK raisi.
Pamfilova uchrashuv ishtirokchilariga mintaqalarda masofaviy elektron ovoz berish tizimidan foydalanish tajribasi va 11 sentyabr kuni Moskvada munitsipal saylovlarda saylovchilarning elektron roʻyxati qoʻllanishi kelajagi haqida gapirib berdi.
U MSK Oʻzbekiston vakillari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid seminar tashkil etishga tayyorligini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0