Infografika

Oʻzbekistonda Rossiya korxonalari soni qanday oʻsmoqda

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni eng yuqori boʻlgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda Rosiya tadbirkorlari kapitali ishtirokida 2654 ta korxona faoliyat yurityapti.
Oʻtgan yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qoʻshma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0