Rossiya

Rossiyada maymun chechagi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi

© Unsplash / Julia KoblitzProvedeniye laboratornыx issledovaniy
Provedeniye laboratornыx issledovaniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kasallik Yevropadan kelgan yigitda qayd etilgan. Uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Rossiyada maymun chechagiga chalinishning ilk holati tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Kasallik Yevropa safaridan qaytgan va oʻziga xos toshma bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan yigitda aniqlangan”, - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritishicha, kasallik yengil kechmoqda va bemorning hayotiga hech qanday tahdid yoʻq. U yakkalangan va yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qoʻllanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0