O‘zbekistonda 200 000 so‘mlik yangi pul muomalaga chiqariladi - foto

Obuna bo‘lish
Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 15-iyuldan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 200 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklidagi pul muomalaga chiqariladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
© Foto: SB Uzbekistana
Novaya banknota - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Foto: SB Uzbekistana
Novaya banknota - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Mazkur banknot mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakat hududidagi Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan. O‘lchami 152 x 69 mm.
Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.
Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 4 mm.li ko‘k rangli, “siljish” effektiga, “UZB” yozuviga ega bo‘lgan, mikrooptik va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – firuza rangda bo‘lib, boshqa ranglar bilan uyg‘unlashgan.
Banknotlar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan bo‘lib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.
Banknot old tomoni chap qismida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joylashgan “XUDOYORXON O‘RDASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III asrga tegishli qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti bo‘lgan “AXSIKENT ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
Markaziy qismida mashhur Quva anorining ramzi sifatida “anor” tasvirida zamonaviy “Spark live” himoya elementi qo‘llanilgan bo‘lib, turli qiyalikda rang o‘zgarishi va siljish effektini hosil qiladi.
Markaziy bank 200 000 so‘mlik banknotlar, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shartligini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0