https://oz.sputniknews-uz.com/20220713/eoii-ozbekistonning-eng-yirik-savdo-sherigiga-aylandi-26136974.html
YEOII Oʻzbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi
YEOII Oʻzbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oʻzbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Turkiyani ortda qoldirib, birinchi oʻrinni egalladi. 13.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-13T12:40+0500
2022-07-13T12:40+0500
2022-07-13T12:40+0500
iqtisod
oʻzbekiston
yeoii
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25155999_0:144:3128:1904_1920x0_80_0_0_694dfb1a98ec744b2b6662ec1897c571.jpg
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi keskin oshdi. Bu haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning YEOIK hayʼati raisi Mixail Myasnikovich bilan boʻlgan uchrashuvi yakunlariga asoslanib, xabar berdi. Qayd etilishicha, YEOII bugungi kunda Oʻzbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida birinchi oʻrinda turadi. Umuman olganda, respublika tovar aylanmasining 30,4 % ini, YEOII, 17,7% ini Xitoy, 9,2% ini Yevropa Ittifoqi va 8,1 % ini Turkiya tashkil qiladi.“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston YEOII aʼzosi boʻlmagan MDH davlatlari orasida Ittifoqning ikkinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.2021 yil yakuniga koʻra, YEOII davlatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11,6 milliard dollardan oshdi. Joriy yilning dastlabki besh oyida esa YEOII va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oʻsdi va 5,6 milliard dollarni tashkil etdi.Shu bilan birga, YEOIIning Oʻzbekistonga tovar eksporti 23,8 foizga oʻsib 3,8 milliard dollarni, importi esa 31 foizga oʻsib 1,8 milliard dollarni tashkil etgan.“Oʻzbekiston iqlim kun tartibi, yuk temir yoʻl transportini raqamlashtirish, elektron tijorat, “Yevroosiyo Agroekspress” va “YEOII sanoatlashtirish xaritasi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha YEOII loyihalariga qoʻshilishdan manfaatdor”, - deya taʼkidlangan xabarda.Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishlar Ittifoqqa aʼzo davlatlar tomonidan kelishilganligi va YEOIK hamda Oʻzbekiston hukumatining 2021-2023 yillarga moʻljallangan qoʻshma tadbirlari rejasida hamkorlikning qoʻshimcha yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritilgani koʻrsatilgan.Maʼlumot uchun, kecha, 12 iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovichni qabul qildi. Uchrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, innovatsiyalar, migratsiya va turizm sohalaridagi oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.YEOII mamlakatlari bilan oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlari ijobiy surʼat bilan oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo toʻsiqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va ishbilarmonlik aloqalarini ragʻbatlantirish, loyihaviy hamkorlikni rivojlantirish, tranzit sohasidagi dastur va loyihalarni ilgari surish, migratsiya tartibotlarini soddalashtirish va oʻzaro sayyohlar oqimini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.Mavzuga oid:
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/09/25155999_200:0:2929:2047_1920x0_80_0_0_8f54ffe5d4398135fc6429975e95a6dc.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, yeoii
YEOII Oʻzbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oʻzbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Turkiyani ortda qoldirib, birinchi oʻrinni egalladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi keskin oshdi. Bu haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning YEOIK hayʼati raisi Mixail Myasnikovich bilan boʻlgan uchrashuvi yakunlariga asoslanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, YEOII bugungi kunda Oʻzbekistonning tashqi savdo hamkorlari orasida birinchi oʻrinda turadi. Umuman olganda, respublika tovar aylanmasining 30,4 % ini, YEOII, 17,7% ini Xitoy, 9,2% ini Yevropa Ittifoqi va 8,1 % ini Turkiya tashkil qiladi.
“Oʻz navbatida, Oʻzbekiston YEOII aʼzosi boʻlmagan MDH davlatlari orasida Ittifoqning ikkinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.
2021 yil yakuniga koʻra, YEOII davlatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11,6 milliard dollardan oshdi. Joriy yilning dastlabki besh oyida esa YEOII va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oʻsdi va 5,6 milliard dollarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, YEOIIning Oʻzbekistonga tovar eksporti 23,8 foizga oʻsib 3,8 milliard dollarni, importi esa 31 foizga oʻsib 1,8 milliard dollarni tashkil etgan.
“Oʻzbekiston iqlim kun tartibi, yuk temir yoʻl transportini raqamlashtirish, elektron tijorat, “Yevroosiyo Agroekspress” va “YEOII sanoatlashtirish xaritasi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha YEOII loyihalariga qoʻshilishdan manfaatdor”, - deya taʼkidlangan xabarda.
Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishlar Ittifoqqa aʼzo davlatlar tomonidan kelishilganligi va YEOIK hamda Oʻzbekiston hukumatining 2021-2023 yillarga moʻljallangan qoʻshma tadbirlari rejasida hamkorlikning qoʻshimcha yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritilgani koʻrsatilgan.
Maʼlumot uchun, kecha, 12 iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovichni
qabul qildi. Uchrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, innovatsiyalar, migratsiya va turizm sohalaridagi oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
YEOII mamlakatlari bilan oʻzaro savdo va investitsiyalar koʻrsatkichlari ijobiy surʼat bilan oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo toʻsiqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va ishbilarmonlik aloqalarini ragʻbatlantirish, loyihaviy hamkorlikni rivojlantirish, tranzit sohasidagi dastur va loyihalarni ilgari surish, migratsiya tartibotlarini soddalashtirish va oʻzaro sayyohlar oqimini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mavzuga oid: