https://oz.sputniknews.uz/20220713/hojilarning-ilk-guruhi-qachon-ozbekistonga-qaytishi-malum-boldi-26132412.html
Hojilarning ilk guruhi qachon O‘zbekistonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Hojilarning ilk guruhi qachon O‘zbekistonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14-iyul – 4-avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi. 13.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-13T10:05+0500
2022-07-13T10:05+0500
2022-07-13T10:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/03/24975139_0:0:3071:1727_1920x0_80_0_0_88b8497f69a629d588dec33266dd9ec7.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. “Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14-iyul – 4-avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonga qaytuvchi hojilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan.“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/03/24975139_773:6:2868:1577_1920x0_80_0_0_1682da8d0b3855fff2f1f9ab893f5d09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston musulmonlari idorasi
jamiyat, o‘zbekiston musulmonlari idorasi
Hojilarning ilk guruhi qachon O‘zbekistonga qaytishi ma’lum bo‘ldi
“Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14-iyul – 4-avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. “Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14-iyul – 4-avgust kunlari mamlakatga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonga qaytuvchi hojilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan.
“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.