Siyosat

Kimlar referendumni kuzatib borishi mumkin

© Markaziy saylov komissiyasiKimlar referendumni kuzatib borishi maʼlum boʻldi
Kimlar referendumni kuzatib borishi maʼlum boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Referendumda ishtirok etuvchi xorijiy va mahalliy kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilandi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Referendum jarayonlarini kamida 60-70 minga yaqin mahalliy kuzatuvchilar kuzatib boradi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi majlisda maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, referendumda ilk bor fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etadi.
Quyidagilar referendumda mahalliy kuzatuvchi boʻlishi mumkin:
siyosiy partiyalar – partiya aʼzosi yoki tarafdori, partiyaga xayrixox boʻlgan 18 yoshga toʻlgan fuqarolar;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari – mahalla raisi, uning maslahatchilari va fuqarolar yigʻini boshqa mansabdor shahslari;
fuqarolarning tashabbuskor guruhlari –18 yoshga toʻlgan fuqarolar.
Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug komissiyalariga referendum oʻtkazilishiga kechi bilan oʻn kun qolganida maʼlum qilishi kerak. Mahalliy kuzatuvchilarga mandatlar besh kun ichida beriladi.
Boshqa davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarga mandatlar MSK tomonidan topshiriladi. Aytilishicha, nizomga muvofiq, kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan oʻtkazish 3 ta holatda rad etiladi.

“Agar hujjatlar nizom talablariga javob bermasa, hujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilsa va xalqaro kuzatuvchi yoki uni nomzodini koʻrsatgan xalqaro tashkilotning faoliyati milliy qonunchilikka zid boʻlsa, Oʻzbekiston milliy manfaatlariga xavf solsa ular rad etiladi”, deydi MSK doimiy asosda ishlovchi aʼzosi Gulnoza Rahimova.

Shuningdek, xorijda yashovchi xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga ham referendumda ishtirok etishda sharoitlar yaratib beriladi.
"Fuqarolar referendum kuniga kamida oʻn besh kun qolguniga qadar xorijdagi uchastka komissiyasiga yozma shaklda yoki TIVning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin", deydi MSKning doimiy asosda ishlovchi aʼzosi Adham Ibodullayev.
Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarida muddatidan oldin ovoz berish fuqarolarning turgan joyida oʻtkaziladi.
Majlis soʻngida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0